Mona Tougaard
| Mona Tougaard | |
|---|---|
|
Tougaard 2020-yilda | |
| Tavalludi |
Mona Tougaard 3-aprel 2002-yil |
| Fuqaroligi | dan |
| Kasbi | Model |
| Faoliyat yillari | 2019–hozirgacha |
| Modellik | |
| Boʻyi | 5 ft 10 1⁄2 in (1.79 m)[1] |
| Soch rangi | jigarrang[2] |
| Koʻz rangi | jigarrang[3] |
| Agentlik | |
Mona Tougaard (2002-yil 3-aprelda tugʻilgan) – daniyalik model[5]. Oʻzining podiumdagi ilk chiqishini 2019-yilda Prada moda koʻrgazmasida amalga oshirgan[6][7]. 2024-yilda boʻlib oʻtgan Fashion Awards mukofotining „Yil modeli“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan[8]. 2025-yil may oyida esa Models.com sayti uni „New Supers“ (tarjimasi „Yangi supermodellar“) roʻyxatiga kiritgan[9].
Yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tougaard Daniyaning Orxus shahrida tugʻilgan. Otasining millati yarim turk, yarim dan, onasi esa somali-efiopiyalik boʻlgan[10][11]. Onasining oldingi nikohidan ikkita akasi bor. 9 yoshida onasidan ayrilgan[12]. Tougaard 12 yoshida model agentlari tomonidan kashf etilgan, 15 yoshida Elite Model Look Denmark tanlovida ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[13]. Tougard, shuningdek, ushbu tanlovning jahon miqyosidagi final bosqichiga ham chiqqan[14].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tougaard 12 yoshida Daniyaning Orxus shahrida model agentlari tomonidan kashf etilgan va oradan 3 yil oʻtib, yaʼni 15 yoshida Elite Model Look Denmark tanlovida gʻolib chiqqan[15].
Tougaard 2019-yilda Prada brendi uchun eksklyuziv model sifatida podiumda debyut chiqishini amalga oshirgan. Keyingi ikki mavsum davomida model Loewe va Fendi namoyishlarini ochib bergan, shuningdek, Chanel, Louis Vuitton, Stella McCartney, Valentino, Miu Miu, Versace, Burberry, Dior, Victoria Beckham, Max Mara, Lanvin (bu shouni yopib bergan), Salvatore Ferragamo, Alberta Ferretti, Givenchy, Dries Van Noten, Paco Rabanne, Chloé va Saint Laurent kabi 40 ta podium koʻrgazmasida ishtirok etgan[16]. Keyinchalik u Prada va Miu Miu brendining 2019-yilgi kuz-qish koʻrgazmalarida ham qatnashgan[ iqtibos kerak ].
Tougaard Prada, Louis Vuitton, Loewe, Chanel, Max Mara, Chloé va Ports 1961 brendlari uchun reklama koʻrgazmalarida ishtirok etgan[17]. i-D jurnalining Post Truth Truth soni muqovasida amerikalik model Adesuwa Aighewi bilan birga uning tasviri paydo boʻlgan[18].
2019-yilgi kuz-qish mavsumida models.com sayti uni „top newcomer“ (eng yaxshi yangi model) deb atagan[19], Vogue jurnali esa uning „Parij modalar haftaligida deyarli barcha muhim shoularni zabt etganini“ qayd etgan[20]. Model, shuningdek, models.comning „Model of the Year“ mukofoti doirasida „Breakout Star“ (yangi yulduz) sifatida tan olingan[21]. Hozirda Tougaard models.com saytining „Top 50“ modellari roʻyxatida joy olgan[22].
Mona Tougaardning tasviri British Vogue jurnalining 2021-yil aprel soni muqovasida, shuningdek, Italian Vogueʼning 2021-yil avgust soni muqovasidan oʻrin olgan[23]. 2022-yil avgustida model somali-amerikalik model Ugbad Abdi bilan birga Vogue France muqovasidan joy olgan[15].
2023-yilda Tougaard British Vogue va French Vogue muqovalarida koʻrinish berdi[24]. 2023-yil kuz-qish (F/W) mavsumida u 39 ta podium namoyishida, bir nechta reklama koʻrgazmalarida ishtirok etdi. Shuningdek, 2024-yil bahor-yoz (S/S) mavsumida 22 marta podiumda turli brendlar koʻrgazmalarini namoyish qildi[11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://elitemodelmanagement.com/paris/mainboard/2625-mona-tougaard.web
- ↑ https://www.thesocietymanagement.com/society-women/2625-mona-tougaard.web
- ↑ https://www.thesocietymanagement.com/society-women/2625-mona-tougaard.web
- ↑ „Mona Tougaard - Model“. models.com. Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
- ↑ „Mona Tougaard - Model Profile - Photos & latest news“.
- ↑ „Mona Tougaard - the story of the breathtaking Danish fashion model“ (en-US) (2020-yil 30-iyul). Qaraldi: 2025-yil 17-may.
- ↑ Cary. „18 Ways To Master Off-Duty Model Style, According To Mona Tougaard“ (en-GB). British Vogue (2021-yil 11-mart). Qaraldi: 2025-yil 17-may.
- ↑ „The Fashion Awards - 2024 Nominees“. fashionawards.com. Qaraldi: 2025-yil 17-may.
- ↑ „Meet the next generation of New Supers.“.
- ↑ Graham. „After a killer first season, the teen model just getting started“. Dazed (2019-yil 5-iyun). Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
- ↑ 11,0 11,1 „Mona Tougaard Is the Moment“ (en). W Magazine (2023-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 23-fevral.
- ↑ Hartman, Jenny. „Model Mona Tougaard on the Challenges of Being Multiracial on the Runway“. Wall Street Journal (2020-yil 10-dekabr).
- ↑ „Five Up And Coming Models You'll Want To Keep Your Eyes On“. Harper's Bazaar Singapore (2019-yil 12-mart). Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
- ↑ „Valeria Chenskaya e Antonio Freitas sono i vincitori di Elite Model Look 2017“ (Italian). Vogue Italia (2017-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
- ↑ 15,0 15,1 Trochu. „Mona Tougaard and Ugbad Abdi: The model revolution on the cover of the August 2022 edition of Vogue France“. Vogue France (2022-yil 21-iyul).Trochu, Eugénie (21 July 2022).
- ↑ „Fresh face: Mona Tougaard é a modelo-sensação da temporada internacional de verão 2020“. Vogue Brasil (2019-yil 26-sentyabr). 2019-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mona Tougaard“. Business of Fashion (2020-yil 24-aprel). Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
- ↑ Adesuwa. „model mona tougaard wants to fuck shit up“. i-D (2019-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
- ↑ „TOP NEWCOMERS F/W 2019“. models.com. Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
- ↑ Okwodu. „In Europe, the Model Age Debate Rages On“. Vogue. Condé Nast (2019-yil 12-aprel). Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
- ↑ „Breakout Star: Women“. models.com. Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
- ↑ „Top 50 Models“. models.com. Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
- ↑ McDermott. „Allow British Vogue's Exuberant April Cover Story To Help You Find Your Joy“. British Vogue. Condé Nast Britain (2021-yil 5-mart). Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
- ↑ „Mona Tougaard is the cover star of the May 2023 edition of Vogue France“ (fr-FR). Vogue France (2023-yil 28-aprel). Qaraldi: 2024-yil 23-fevral.
| Vikiomborda Mona Tougaard haqida turkum mavjud |
