Momiqvoylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Extinct

Film posteri
Rejissyor(lar)
Prodyuser(lar)
  • Joel Cohen
  • John Frink
  • Rob LaZebnik
  • Joe Aguilar
  • Matthew Berkowitz
  • Yanming Jiang
  • Wang Zhonglei
Ssenariynavis(lar)
Rollarda
Sharhlovchi(lar) Jason Hightower
Bastakor(lar)
Muharrir(lar) Steven Liu
Distribyutor
Chiqarilgan sanasi
  • 11-fevral, 2021-yil(2021-02-11) (Rossiyada)[4]
  • 3-oktyabr, 2021-yil(2021-10-03) (Xitoyda)[5]
  • 19-noyabr, 2021-yil(2021-11-19) (Butun dunyoda)
Davomiyligi 84 daqiqa
Mamlakatlar
Tillar

Momiqvoylar (inglizcha: Extinct) 2021-yilda ekranlarga chiqarilgan kompyuter-animatsion filmdir. China Lion, HB Wink Animation, Huayi Brothers, Tolerable Entertainment, Cinesite, Timeless Films studiyasi tomonidan ishlangan, Huayi Brothers (China), Netflix (Worldwide) tomonidan esa tarqatilgan. Film rejissorlari — David Silverman va Raymond S. Persi, ssenariy mualliflari — Joel Cohen, John Frink va Rob LaZebnik. Filmda bosh qahramonlarga Adam DeVine, Rachel Bloom, Zazie Beetz, Ken Jeong, Reggie Watts, Catherine OʻHara, Jim Jefferies va Benedict Wong ovoz bergan.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film voqealari 1837-yilda Charles Darwinning yoʻqolib borayotgan hayvonlar nomli ekspeditsiyasidan boshlanadi. Darvin momiqlar yashovchi galapagos orollariga yaqinlashib qolgan edi. Bu vaqtda aka singil Ed va Op bayramga shoshilib ketayotgan edi. Ed va Op birgalikda suhbat qilishadi. Suhbat chogʻida Ed Opdan unga xalaqit bermasligini hamda hech qanday reja tuzmasligini aytadi. Op rejalari unga yordam berganini aytadi. Ed unga birorta ham rejasi unga foyda keltirmaganligini eslatadi. Birozdan soʻng Op yana rejasi borligini aytadi Ed unga qarshilik qilishiga qaramay uni amalga oshiradi va ularni har doimgidek qisqichbaqalarni haydash jazosi bilan jazolanadi. Jazoni oʻtayotgan vaqtda qirgʻoqqa yaqin joyda doʻsti Wally chaqiradi va u qirgʻoqqa yaqinlash boshlaydi. Ed Opni Wallyni orga qaytarishga urinadi lekin Wallyt buni eshitmaydi va bayram uchun yasalayotgan gulli haykalni buzib yuboradi. Bu voqeadan soʻng aka singillarni yolgʻizlik orolchasida qilgan qilmishlarini oʻylab olishi uchun qoldirib hamma toqqa festivalni nishonlash uchun koʻtarilib ketadi. Ed Opga bunday qilmasligi kerakligini eslatadi. Op oʻz qilmishini toʻgʻirlash uchun togʻga xavfli yoʻl orqali koʻtarilishni boshlaydi. Ular yoʻl davomida Noyob boʻlgan gulni topadi va uni olish maqsadida Op arqonga osilgan holda pastga tusha boshlaydi. Arqonni ushlab turgan Ed uzoqdan Kemani koʻrib qoladi. Arqon uzilib ketadi hamda kelajakka tushib qolishadi.

Ovoz berganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Momiqvoylar haqida 7 maqola yigʻilib, ulardan 43 foizi filmni ijobiy baholaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Clarke, Stewart „Adam Devine, Rachel Bloom, Zazie Beetz, Ken Jeong to Voice Animated Feature 'Extinct'“ (3-sentabr 2019-yil).
  2. Says, Jules „Michael Giacchino to Score David Silverman's 'Extinct' | Film Music Reporter“.
  3. „Extinct: Company Credits“. EntGroup. 2022-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11 oktabr 2021.
  4. „Extinct, 2020“. Kinopoisk. Qaraldi: 1 dekabr 2021.
  5. „Extinct: Overview“. EntGroup. 2022-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11 oktabr 2021.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]