Momal Sheikh
Momal Sheikh | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
1986-yil 16-may[1][2] |
Fuqaroligi | Pokiston |
Kasbi | Aktrisa |
Turmush oʻrtogʻi | Muhammad Nadir[3] |
Bolalari | 2 |
Otasi | Javed Shayx |
Momal Sheikh - pokistonlik aktrisa va produser. U 2008-yilda “Yeh Zindagi Xay” va 2013-yilda “Mirat Ul Uroos” nomli seriallardagi rollari bilan tomoshabinlarning mehrini qozona olgan. U 2016-yilda "Happy Bhag Jayegi" filmida debyut qilgan.[4][5] Sheikh, shuningdek, otasi Javed Sheikh filmlarida Shehzad Sheikh bilan birga 2018-yilda “Vujud” filmini suratga oldi. Filmdagi bosh rolda Danish Taimoor va Saeeda Imtiaz ishtirok etgan.[6][7]
Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
U aktyor Javed Sheikh va Zinat Mangining qizi. Otasi Pokistonlik aktyor va produser. U oilasi bilan kino sohasi bilan shug'ullanadi. 2018-yilgi "Wujood" filmini oila a'zolari bilan ishlab chiqgan. Ushbu filmni qizi va o'g'li birgalikda suratga olgan. Momal Sheikhning akasi Shehzod Sheikh, Behroze Sabzwari va Saleem Sheikhning jiyani va Shehroz Sabzwariyning amakivachchasidir. U Nader Nawazga turmushga chiqqan. Ularning Ibrohim ismli oʻgʻillari bor.[8] Momal Sheikh 2020-yil 20-avgustda qizi tugʻilganini e’lon qildi.[9]
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Geo TV"da "Mirat Ul Uroos" kabi teleseriallarda ishlagan.[10] U Bollivud filmidagi debyutini "Happy Bhaag Jayeg"da amalga oshirgan.[11] "Happy Bhaag Jayeg" 2016-yilda chiqarilgan hind tilidagi romantik komediya film. Mudassar Azizva tomonidan film olingan. Erkin ruhiyatidagi bo'lajak kelin Amritsar to'y marosimidan qochib ketadi va beixtiyor Pokistonning Lahor shahriga keladi. Filmda Penty, Abxay Deol, Jimmi Sheirgill, Ali Fazal kabi aktyorlar qatnashgan.
Produser filmni 2012-yildan suratga olishni boshlagan. Film Pokiston va Hindistonda olingan. Filmda pokistonlik aktyorlar Javed Sheikh va uning qizi Momal Sheikh bilan birgalikda ishtirok etgan. Film uchun musiqani Sohail Sen tomonidan bastalangan.
"Happy Bhaag Jayeg" 2016-yil 19-avgustda Hindistonda teatrlashtirilgan holda chiqarildi. Film ayrim produserlik ishlari tufayli turli tanqidlarga uchradi. Momal Sheikhga ushbu tanqidlar keyingi karyerasiga tajriba bo'lib xizmat qildi. Shunga qaramay film katta daromad keltirgan.
Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sarlavha | Yil | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
Happy Bhaag Jayegi | 2016 | Zoya | Bollywood filmi |
Wujood | 2018 | Produserlik qilgan |
Televizion seriallar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sarlavha | Yil | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
Yeh Zindagi Hai | 2008 | Jalebi | |
Mirat Ul Uroos | 2012 | Hamna | |
Mujhe Khuda Pe Yaqeen Hai | 2013 | Areba | |
Kadoorat | 2013 | Alina | |
Zara aur Mehrunnisa | 2016 | ||
Silsilay | 2018 | Abeeha | [12] |
Mein Tum Aur Woh | |||
Khaas | 2019 | ||
Yaariyan | 2019 | Sadia | |
Damsa | 2019-2020 | Saman | |
Mushq | 2020 | Mahak | |
Dil-e-Momin | 2021 | Ashi |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Momal Sheikh thanks fans, friends for ʻendless’ birthday love“. Geo News (16-may 2021-yil). Qaraldi: 27-mart 2022-yil.
- ↑ „Momal Sheikh leaves fans awestruck with latest pictures“. Daily Pakistan (newspaper) (16-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 27-mart 2022-yil.
- ↑ „Momal Sheikh: Working in Bollywood is looked upon as a huge achievement in Pakistan“. TNN. Times Of India (16-avgust 2016-yil). 21-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-avgust 2016-yil.
- ↑ Haq, Irfan Ul. „Dad-daughter duo Javed and Momal Sheikh to share screens in Bollywood rom-com“ (en-US). Images (20-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 26-iyul 2018-yil.
- ↑ Haq, Irfan Ul. „Momal Sheikh dishes on her Bollywood debut and working with her superstar dad“ (en-US). Images (26-iyul 2016-yil). Qaraldi: 26-iyul 2018-yil.
- ↑ „Momal Sheikh would love to work with Ranveer Singh“ (en-GB). www.pakistantoday.com.pk. 26-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-iyul 2018-yil.
- ↑ „Actors should use social media to voice opinions on ʻsensitive’ issues: Momal Sheikh“ (en-US). Daily Times (22-fevral 2018-yil). 9-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-yanvar 2019-yil.
- ↑ Desk, Web. „Momal Sheikh blessed with a baby boy“ (en-US). Aaj News. Qaraldi: 26-iyul 2018-yil.
- ↑ Staff. „Momal Sheikh Blessed with a Baby Girl“ (en-US). MagPakistan (31-avgust 2020-yil). Qaraldi: 9-fevral 2021-yil.
- ↑ „Actresses who started their career in television“. Aaj Entertainment (4-avgust 2016-yil). 27-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-avgust 2016-yil.
- ↑ „Bollywood is warmer and kinder than the Pakistani film industry: Momal Sheikh“ (en-US). The Express Tribune (17-avgust 2016-yil). 9-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-yanvar 2019-yil.
- ↑ Shirazi, Maria. „Momal Sheikh returns to the all screen with Silsilay“ (en). Qaraldi: 19-iyul 2018-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Momal Sheikh IMDbda
- Momal Sheikhning Instagram sahifasi