Molodyoj o'zbekistana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"MOLODYOJ O'ZBEKISTANA" ("Oʻzbekiston yoshlari") — respublika yoshlar gazetasi. Toshkent shahrida rus tilida haftada 3 marta chiqadi. Muassisi: Oʻzbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati hamda "Karera Servis" axborotnashr firmasi. 1soni 1926 yil 7 noyabrda "Komsomolets Vostoka" ("Sharq komsomoli"), 1935 yil yanvardan "Komsomolets Oʻzbekistana" ("Oʻzbekiston komsomoli") nomi bilan chiqqan. 1991 yil yanvardan hozirgi nomda. Ikkinchi jahon urushi yillarida nashr etilmagan. Sahifalarida mamlakat yoshlarining hayoti, mehnat, madaniyat va sportga oid materiallar va boshqa yoritiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil