Moliya-sanoat guruhlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Moliya-sanoat guruhlari - ishlab chiqarish samaradorligini koʻtarish uchun oʻzlarining moddiy yoki nomoddiy aktivlarini birlashtiruvchi asosiy yoki qoʻshimcha jamiyat sifatida faoliyat kursatuvchi yuridik shaxslar majmualari. Moliya-sanoat guruhlarig . manfaati, strategiyasi va unga erishish yoʻllari umumiy boʻlgan ishlab chiqarish soxalari va yirik bank monopoliyalarining birlashmasi hisoblanadi. Bunda sanoat kapitali bilan bank kapitalining birlashuvi roʻy beradi. Dastlab yirik Moliya-sanoat guruhlarig . oilaviy moliya guruxlari, mas, Rokfellerlar, Morganlar, Dyuponlar, Mellonlar va boshqa atrofida shakllandi. Keyinchalik bu guruxlar aniq hududlar boʻyicha uyushdi va turli oilaviy guruxlarning moliyaviy kapitalini birlashtirdi (Klivlend, Kaliforniya, Chikago Moliya-sanoat guruhlarig . va boshqalar). Moliya kapitalining vujudga kelishi va rivojlanishi moliya oligarxiyasi tabaqasining paydo boʻlishiga olib keladi. Moliya-sanoat guruhlarig . va moliya oligarxiyasi jamiyat hayotida muhim oʻrinni egallaydi. Bu ularning qoʻlida iqtisodiy potensialning jamlanishi, kompaniya (firmalar) aksiyalari nazorat paketiga egalik qilish hamda siyosiy in-stitutlar va ommaviy axborot vositalariga bevosita taʼsir etish imkoni-yatlari bilan belgilanadi.

Abduxalil Razzoqov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil