Molik Ibn Anas Abu Abdulloh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Molik Ibn Anas Abu Abdulloh (713, Madina — 795) — faqih, muhaddis, molikiylik mazhabining asoschisi. Bodal i kdan liniy ilm oldi, Qurʼoni karimni oʻrgandi. Islom huquqini puxta egallab, "Madina imomi" unvoniga sazovor boʻldi. M. ibn A. biror siyosiy oqimga ergashmasada, hokimiyatning saylab qoʻyilishi qoidasini afzal hisoblardi, lavozimlarga maʼmuriy tayinlanishlarga qarshi edi. M. ibn A. Muhammad (sav) sahobalari aytgan hadislarni muayyan mavzularga ajratib, "al-Muvattaʼ" (ommaviy, barchaga tushunarli maʼnosida) deb atalgan toʻplam tuzdi. Muhaddis buning uchun 40 yil umrini sarfladi. Bu ilk hadis toʻplamlaridan biri boʻlib, bir necha ming hadisni oʻz ichiga olgan.

M. ibn A. mudarrislik faoliyati bilan shugʻullangan. Shogirdlari orasida tanikli muhaddis Muhammad Shayboniy (805 yilv.e.), shofiʼiylik asoschisi Muhammad ibn Idris Shofiʼiy (820 yilv.e.) boʻlgan. M. ibn A.ning ijtimoiysiyosiy qarashlari asosida hokimiyat xalifa qoʻlida boʻlishi, xalifa esa qurayshiylardan saylanishi, alohida vakolatli shaxslardan tashkil topgan guruh (shoʻro) uni tasdiqlashi kerak, degan fikr yotadi. Umuman u Muhammad (sav) davridagi anʼanalarni yoqlab chiqqan, yaʼni "ashob al-hadis" ("hadis tarafdorlari") oqimining yirik namoyandasi boʻlgan. Umrining oxirida zo-hidlikka berilgan va uzlatda yashagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil