Moldovada islom
Moldova aholisining katta qismi pravoslav nasroniylari boʻlsa-da, Moldovada bir necha ming kishidan iborat kichik musulmonlar jamoasi mavjud[1].
2005-yilda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Moldovadagi vakolatxonasi murojaatiga qaramay, Talgat Masaev rahbarligidagi Moldovadagi Musulmonlarning Maʼnaviy Tashkiloti roʻyxatdan oʻtkazilmagan[2].
2011-yil mart oyida Moldova musulmonlariga vakillik qiluvchi nodavlat notijorat tashkilot boʻlmish Moldova islomiy birlashmasi (Liga Islamică din Moldova), Moldova Adliya vazirligi tomonidan mamlakatdagi qonuniy tan olingan ilk musulmonlar uyushmasi sifatida roʻyxatga olingan. 2008-yilda roʻyxatdan oʻtish uchun ariza bergan edi[3].
Moldova pravoslav cherkovi islomning tan olinishiga qarshi chiqib, konservativ guruhlar bilan birgalikda norozilik namoyishlarida ishtirok etgan[4].
2011-yil maʼlumotlariga koʻra, Moldovada rasman atigi 2000 musulmon bor edi. Biroq Moldova islom birlashmasi rahbari Sergiu Sochircaning taʼkidlashicha, bu raqam 17 mingga yaqin boʻlib, ularning aksariyati oʻtmishda islom dini bostirilgani sababli musulmon sifatida roʻyxatdan oʻtmagan[5].
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yilgi Moldova aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra Moldovada 2009 musulmon kishilar istiqomat qiladi. Bu koʻrsatkich 2004-yilgi Moldova aholisini roʻyxatga olish natijalariga nisbatan (1667) oshganini koʻrsatadi[6]. Musulmonlarning aksariyati Kishinyovda (985 kishi) yashaydi. Undan keyingi oʻrinlarda Gagauziya (176 kishi), Balti (76 kishi), Anenii Noi (68 kishi) va Cahul (54 kishi) shaharlarida istiqomat qiluvchi musulmonlar soni qayd etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ US department of state
- ↑ Forum 18 Search/Archive
- ↑ Moldovan Muslim Leader 'Disappointed' By Anti-Islamic Remarks
- ↑ Conservatives Angered By Moldovaʼs Recognition Of Muslims
- ↑ „Moldova's Government Considers Revoking its Formal Recognition of Islam“. 2016-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-sentyabr.
- ↑ „Religious composition of Moldova 2004“.