Moises Barbosa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Moises Roberto Barbosa (port.-braz.: Moisés Roberto Barbosa) qisqacha Moises (port.-braz.: Moisés) braziliyalik futbolchi boʻlib, „Internasional“ klubida himoyachi vazifasini bajaradi. Barbosa CSKA klubida ijara asosida oʻynaydi[1].

Moises Barbosa Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Moises Roberto Barbosa
Tugʻilgan 11-mart 1995-yil(1995-03-11)

(27 yosh) San-Paulu, Braziliya

Fuqaroligi Flag Brazilii Braziliya
Boʻyi 182 sm
Vazni 85 kg
Pozitsiyasi chap qanot himoyachisi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Rossii CSKA
Raqami 27
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moises „Internacional“ va „Komershal“ klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yilda u ikkinchisining asosiy jamoasi arizasiga kiritilgan. Mavsum oxirida Moizes jamoadagi debyutini oʻtkazmay, klubni tark etdi. Shundan soʻng himoyachi „Batataysh“ va „Madureyra“ jamoalarida oʻynadi. 2015-yilda Moises „Korinthians“ bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi va oʻyin amaliyotiga ega boʻlishi uchun darhol „Red Bull Bragantino“ klubiga ijaraga berildi. 16-may kuni „Paysandu“ klubiga qarshi oʻyinda u Braziliya B seriyasida debyut qildi[2]. 31-oktabr kuni „Atletiko Goyaniense“ jamoasiga qarshi bahsda himoyachi „Red Bull Bragantino“ klubi uchun birinchi golini urdi[3]. 2016-yil boshida Moizes „Baiya“ klubiga ijaraga berilgandi. 21-fevral kuni Bayano ligasi doirasida „Kolo-Kolo Regatas“ jamoasiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[4]. 15-iyun kuni „Kriziuma“ga qarshi kechgan duelda himoyachi „Baxiya“ klubi uchun birinchi golini urdi[5].

2017-yilning boshida Moises „Korinthians“ klubiga qaytdi. 4-fevral kuni Paulista ligasi doirasida „San-Bento“ klubiga qarshi oʻyinda himoyachi asosiy tarkibda debyut qildi[6]. 16-iyul kuni "Atletiko Paranaense" klubiga qarshi oʻyinda u Braziliya A seriyasida debyut qildi[7]. Mavsum oxirida u klubga chempion boʻlishiga yordam berdi.

2018-yil boshida Moises „Botafogo“ klubiga ijaraga berilgandi. 22-fevral kuni Karioka ligasi doirasida „Nova Iguazu“ga qarshi oʻyinda u asosiy tarkibda debyut qildi[8]. 2019-yil boshida himoyachi „Baiya“ga qaytdi. Klub tarkibida u Bahiano ligasida gʻolib chiqdi. 2020-yil boshida Moises „Internacional“ga ijaraga oʻtdi. 26-yanvar kuni Gaucho ligasi doirasida „Pelotas“ga qarshi oʻyinda u asosiy jamoada debyut qildi[9]. 2022-yil boshida klub himoyachi transferini sotib oldi. 3-iyul kuni „Seara“ga qarshi kechgan duelda u „Internasional“ uchun birinchi golini urdi[10].

2022-yil 4-avgustda Moises Moskvaning „CSKA“ jamoasiga ijaraga oʻtdi[11]. 6-avgust kuni „Fakel“ga qarshi oʻyinda u jarohat olgan Ivan Oblyakovning oʻrniga yangi klubda debyut qildi[12].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Título[13] Jamoa Mamlakat Yillar
Paulista chempionati S. C. Corinthians Braziliya bayrogʻi Braziliya 2017
Paulista chempionati S. C. Corinthians Braziliya bayrogʻi Braziliya 2018
Karioka chempionati Botafogo Braziliya bayrogʻi Braziliya 2018
Paulista chempionati S. C. Corinthians Braziliya bayrogʻi Braziliya 2019
Karioka chempionati E. C. Bahia Braziliya bayrogʻi Braziliya 2019

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Moisés // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. „Ред Булл Брагантино VS. Пайсанду Белен 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 16-may).
  3. „Атлетико Гоияниенсе VS. Ред Булл Брагантино 0:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 31-oktyabr).
  4. „Коло-Коло Регатас VS. Баия 2:3“ (en). soccerway.com (2016-yil 21-fevral).
  5. „Крисиума VS. Баия 3:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 15-iyun).
  6. „Сан-Бенту Сорокаба VS. Коринтианс 0:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 4-fevral).
  7. „Коринтианс VS. Атлетико Паранаэнсе 2:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 16-iyul).
  8. „Нова-Игуасу VS. Ботафого 1:2“ (en). soccerway.com (2018-yil 22-fevral).
  9. „Интернасьонал VS. Пелотас 3:1“ (en). soccerway.com (2020-yil 26-yanvar).
  10. „Сеара VS. Интернасьонал 1:1“ (en). soccerway.com (2022-yil 3-iyul).
  11. „ЦСКА объявил о подписании Мойзеса“. Чемпионат. Qaraldi: 2022-yil 14-avgust.
  12. „ЦСКА — «Факел»: Мойзес дебютировал за армейцев, Обляков получил травму“. Спорт-Экспресс (2022-yil 6-avgust). Qaraldi: 2022-yil 14-avgust.
  13. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :0