Mogaidin Andavar masjidi
| Masjid | |
Mogaidin Andavar masjidi | |
| Mamlakat | |
| Hudud | Tamilnad |
| Manzil | Thirukkalasheri, Nagapattinam tumani, Tamil Nadu |
| Koordinatalar | 11°00′38″N 79°48′09″E / 11.01053°N 79.80261°E |
| Asosiy sana: 1936; 1990 (qayta qurilgan) | |
| Gumbazlar soni | 1 ta |
| Gumbazlar soni | 1 ta |
| Minoralar soni | 2 ta |
| Minoralar soni | 2 ta |
| Holati | faol |
Mogaidin Andavar masjidi, shuningdek Mogaidin Andavar jome masjidi (tamilcha மொகய்தீன் ஆண்டவர் மசூதி-நாகப்பட்டினம்) nomi bilan ham tanilgan, Hindistonning Tamil Nadu shtati, Nagapattinam tumanidagi Thirukkalachery shahrida joylashgan jome masjidi. Masjid „Masjid koʻchasi“da (Pallivaasal koʻchasi; pallivaasal tamilchada „masjid“ degan maʼnoni anglatadi) joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu masjid 1936-yilda mahalliy xayriyachi tomonidan hadya sifatida qurib berilgan. Shuningdek, tub yerlik, Malaya (hozirgi Malayziya) va Fransuz Hindixitoyi (hozirgi Vyetnam)dan kelgan hind muhojirlarining xayr-ehsonlari ham qurilishga sarflangan. Pitchai Ghani Ravuthar va Ave Mummad Yusuf (ikkalasi ham vafot etgan) tomonidan xayr-ehsonlar qabul qilib olingan.
Masjid 1990-yilda Ave Muhammad Yusufning oʻgʻli Ave Abdulhamid tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga qayta qurilgan (jamoat xayr-ehsonlarisiz). Biroq, Ave Abdulhamidning oʻgʻli Ave Abdulbashir, masjidni qayta qurish uchun Shveytsariyadan bir martalik toʻlov sifatida 100 000 AQSH dollari (oʻsha davrda taxminan 4 million Hindiston rupiyasiga teng) xayr-ehson olganini aytgan. Ushbu masjid qurilganidan keyin Ave oilasi yoki ularning avlodlari tomonidan masjid taʼmiri uchun xayr-ehson qilinganligi haqida maʼlumotlari mavjud emas.
Bu masjid Tamil Nadu shtatining Nagapattinam tumanidagi eng katta masjidlardan biridir (Madinadagi paygʻambar Muhammad masjidiga oʻxshash yagona katta gumbazga ega).