Modellash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Modellash — fizik hodisa va jarayonlarni model yordamida tadqiq qilish; obʼyektlar (jonli va jonsiz tizimlar, muhandislik konstruksiyalari, fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy jarayonlar hamda loyihalanadigan obʼyektlar)ning modellarini yasash. Fizik, matematik, elektr, kibernetik va boshqa xillarga boʻlinadi. Fizik M.da tadqiqot tekshirilayotgan jarayonning fizik tabiati va geometrik tuzilishi asl nusxadagidek, ammo undan miqdor (oʻlchami, tezligi) jihatidan farq qiladigan modelda olib boriladi. Fizik M. gidrotexnika in-shootlari, samolyot, kema va boshqalarni tekshirishda qoʻllaniladi. Matematik M.da berilgan fizik jarayonlarning matematik ifodalari modellanadi. Elektr M. ham kengtarqalgan. Bunda aktiv, induktiv va sigʻim qarshiliklardan foydlaniladi. Tirik organ izmlardagi boshqarish jarayonlarini oʻrganish uchun kibernetik modellar yaratilgan.

M.ning yana bir turi analog M.dir. U fizik tabiati har xil boʻlgan, lekin bir xil matematik (algebrik, differensial va boshqalar) tenglamalar bilan ifodalanadigan hodisalarning analogiyasi (oʻxshashligi)ga asoslanadi.

M. har doim boshqa ilmiy va maxsus usullar bilan birga qoʻllanadi. Avvalo, M. eksperiment bilan chambarchas bogʻliq. Biror hodisani uning modelida oʻrganishni eksperimentning alohida xili deb karash mumkin.

Kime reaktorl arin i M. berilgan shartlarga muvofiq, istalgan oʻlchamdagi apparatlarda oʻtadigan kimyoviy texnologiya jarayonlarining natijalarini oldindan bilish uchun qoʻllanadi.

Baʼzi murakkab hodisalar (mas, turbulentlik, havo yoki suyuklik oqimining uzilish sohasidagi pulslanishlar va boshqalar) uchun stoxastik M.dan foydalaniladi. U hodisalarning ehtimolligini aniqlashga asoslanadi. Bunday modellar ayni hodisadagi ayrim jarayonlarning oʻtishini toʻla aks ettirmaydi, balki qandaydir oʻrtacha, summar natijani beradi.

Adabiyot[tahrir]

  • Chavchanidze V. V..Gelman O. Ya., Modelirovaniye v nauke i texnike, M., 1966; Usmonxoʻjayev H. H., Mexanizm va mashinalar nazariyasi, T., 1970.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil