Modda va energiyaning aylanma harakati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Modda va energiyaning aylanma harakati — geografik qobiq va ayrim landshaftlardagi komponentlararo aloqalarni ifodalovchi qonuniyat. Aylanma harakatlar turlituman — okean suvlari, atmosfera, suvning aylanma harakati, biologik, litologik aylanma qarakat va boshqa shular jumlasidandir. M. va E. A. H.dagi tafo-vutlar tufayli Yer yuzasida turli xil tabiiy hududiy komplekslar vujudga kelgan. Tabiatdagi M. va E. A. H. geografik qobiqning har bir tabiiy hududiy komplekslarning bir butunligi ifodasidir.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil