Mochevina-formaldegid oʻgʻitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mochevina-formaldegid oʻgʻitlar — sekin taʼsir etuvchi azotli oʻgʻitlar. Zarralariningdiametri 0,5 mm dan kichik boʻlgan oq kukun; uncha nam tortmaydi, mushtlanib qolmaydi. Tarkibida 37—40%, shu jumladan, suvda eriydigan 4—12% azot boʻladi. M.-f.oʻ. azoti boshqa azotli oʻgʻitlarning azotidan tuproqsa sekin minerallashuvi bilan farq qiladi, shu sababli ularni katta dozalarda solish mumkin. Sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida turli ekinlar (gʻoʻza, choy, mevali daraxtlar)ga asosiy oʻgʻit tarzida qoʻllaniladi (bir necha yil uchun bir marta solinadi).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil