Mobil TeleSistemalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
MTS logotipi

Mobil TeleSistemalar (oʻzb. "Mobil TeleSistemalar", rus. "Мобильные ТелеСистемы") — Rossiya uyali aloqa operatori, brend nomi Em-Te-Es (yoki ruscha МТС) deb talaffuz etiladi.

MTS Oʻzbekistonda[tahrir]

Asosiy maqola: Uzdunrobita

2004-yil avgustda „Uzdunrobita“ kompaniyasi „Mobil Telesistemalar“ OAJ xalqaro kompaniyasi (Rossiya) tarkibiga kirdi. 2006 yil iyunda oʻtkazilgan rebrendingdan soʻng kompaniya yangi „MTS“ brendi ostida oʻz xizmatlarini koʻrsata boshladi.

„Uzdunrobita“ kompaniyasi Oʻzbekistondagi eng yirik mobil aloqa operatori hisoblanadi, va GSM 900/1800 standartida xizmatlar koʻrsatadi. Tarmoq doirasi respublikaning aksariyat hududini, aholining 90 foizdan ortigʻini, koʻpchilik aholi punktlarini, muhim avto- va temir yoʻl magistrallarini oʻz ichiga oladi.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]