Moana (Disney)
| Moana | |
|---|---|
| Moana obrazi | |
|
| |
| Ilk bora koʻringan | Moana (2016) |
| Muallif(lar) | |
| Ovoz bergan(lar) |
|
| Jonli ijrochi | Catherine Laga'aia (boʻlajak jonli filmda) |
| Umumiy maʼlumotlar | |
| Turi | Yarim ma’buda (ilgari inson) |
| Tabaqasi | Qabila sardori, Yoʻl topuvchi sayohatchi, Yarim maʼbuda |
Motunui Moanasi 2016-yilda Walt Disney Animation Studios tomonidan yaratilgan „Moana“ filmining bosh qahramonidir. Rejissyorlar Ron Clements va John Musker tomonidan yaratilgan Moana rolini gavayilik aktrisa va qoʻshiqchi Auli’i Cravalho ijro etgan. Yosh bolalik davridagi Moana ovozini esa Luiza Bush bergan. Moana 2024-yil noyabr oyida namoyish etilgan „Moana 2“ filmi davomida yana paydo boʻladi va bu gal ham unga Cravalho ovoz bergan. Bundan tashqari, 2026-yilda suratga olinadigan jonli filmda Moanani Catherine Lagaʼaia gavdalantiradi.
Polineziya afsonalaridan ilhom olingan Moana Polineziya qishlogʻi boshligʻining kuchli irodali qizi sifatida tasvirlanadi. Uni okean oʻzi sehrli buyumni Te Fiti maʼbudasi bilan birlashtirish uchun tanlaydi. Orolga ofat kelganda, Moana bu buyumni Te Fitiga qaytarish va xalqini qutqarish umidida afsonaviy yarim xudo Maui (Dwayne Jonson)ni izlab dengizga chiqadi. Soʻngra u jamoa tuzib, yoʻqolgan Motufetu orolini topish va dengiz xalqlarini bogʻlagan yoʻllarni tiklash uchun sayohatga otlanadi. Bu uning hayotiga zomin boʻlsa-da, u yarim maʼbuda sifatida qayta tiriladi.
Moana oʻzining mustaqilligi, shuningdek, Cravalhoning ovoz ijrosi uchun keng miqyosda tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻldi. 2019-yilga kelib, Moana rasman Disney Malikalari safiga qoʻshildi va oʻn ikkinchi aʼzosi boʻldi.
Rivojlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„The Princess and the Frog“ (2009) filmini suratga olganidan soʻng, Clements va Musker Terry Pratchettning „Mort“ asarini filmga moslashtirish ustida ishlay boshladilar, biroq zarur kino huquqlarini olishdagi muammolar tufayli bu loyihani davom ettira olmadilar[1]. Bunday muammoning qayta yuz bermasligi uchun ular uchta original gʻoyani taklif qildilar. Ushbu gʻoyalardan biri (oxir-oqibat tasdiqlangan gʻoya) 2011-yilda paydo boʻldi[2][3]. Oʻshanda Musker Polineziya mifologiyasini oʻrganib, yarim xudo Mauining qahramonona jasoratlari haqida maʼlumot oldi. Polineziyaning boy madaniyatiga qiziqib qolgan Musker, bu mavzu animatsion film uchun juda mos kelishini his qildi. Koʻp oʻtmay, Musker va Clements loyiha rejasini yozib, uni Jon Lasseterga taqdim etishdi. Lasseter esa ularga tadqiqot safarlariga borishni tavsiya qildi. Shunga koʻra, 2012-yilda Clements va Musker Tinch okeanining janubiy qismidagi aholi bilan uchrashish va ularning madaniyatini oʻrganish maqsadida Fiji, Samoa va Taitiga ilmiy safarlar uyushtirishdi[4][5][6]. Dastlab ular filmni butunlay Maui haqida yaratishni rejalashtirgan boʻlsa-da, ularning dastlabki tadqiqot safarlari Clements qabila sardorining yosh qiziga bagʻishlangan yangi gʻoyani ilgari surishga undadi[7].
Ovoz
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil oxirlarida Moana qahramoni uchun global kasting gʻoyasi eʼlon qilindi[8][9]. Cravalho dastlab Moana uchun tinglovda qatnashishni oʻylamadi, chunki „YouTube orqali allaqachon juda koʻp ajoyib nomzodlar yuborilgan edi“ va u birinchi oʻquv yilida boʻlgani sababli, maktabga koʻproq eʼtibor qaratishga qaror qildi. Cravalho notijorat tadbirda koʻngilochar chiqish uchun oʻtkazilgan tinglovda qatnashdi, ammo u yerda Moana uchun kasting jarayonida qatnashayotgan agent ham borligini bilmas edi[10]. Agent Rachel Sutton Cravalhoga Moana uchun tinglovda qatnashishni taklif qildi; u kastingning oxirgi kunida koʻrilgan oxirgi qiz boʻldi. Tinglov chogʻida Cravalho oʻzining sevimli Disney qoʻshiqlaridan biri – Tangled asaridan „I See the Light“ qoʻshigʻining 30 soniyasini, shuningdek, gavayiliklarga xos qoʻshiqlarni ijro etdi[11]. 2015-yil oktyabr oyida Cravalho Moananing rasmiy ovoz aktyori sifatida tanlandi[12]. Prodyuser Osnat Shurer bu haqda shunday dedi: „Biz xarakterni oʻzida mujassam eta oladigan, kuch-qudrat, qatʼiyat, hazil-mutoyiba, qalb va rahmdillikni birlashtira oladigan insonni izladik.[13]“
Xalqaro versiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film ilk bor dunyo miqyosida kinoteatrlarda namoyish etilganida, u jami 45 xil versiyada taqdim etildi, jumladan, maxsus ravishda film uchun yaratilgan taitiy tilidagi dublyaj ham mavjud edi. 2017-yil iyun oyida filmning maoriy tilidagi versiyasi eʼlon qilindi; unda asl inglizcha tarkibdagi toʻrt ovoz aktyori ishtirok etdi. Oradan uch hafta oʻtib, Yangi Zelandiyalik Jaedyn Randell Moananing ovoz aktyori sifatida tanishtirildi. Ushbu versiya 2017-yil sentyabr oyida namoyish etildi.
Oʻsha yili Shruti Rane (hind tilida) oʻz rolini filmning bengal tilidagi versiyasida ham davom ettirdi. 2017-yil noyabr oyida filmning gavayi tilidagi dublyaji tayyorlanayotgani eʼlon qilindi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Connelly, Brendon. „What Disney's Film of Terry Pratchett's Mort Might Have Looked Like... And A Preview of Things To Come“. Bleeding Cool (2013-yil 6-aprel). 2013-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.
- ↑ Zahed, Ramin „New Info Arrives on Musker/Clements' 'Moana'“. Animation Magazine (2013-yil 16-dekabr). 2013-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
- ↑ Miller, Bruce. „Sioux City native Ron Clements preps new film for Disney studio“ (2013-yil 24-avgust). 2015-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.
- ↑ Andoza:Cite interview
- ↑ Giardina, Caroline. „'Moana' Directors Reveal How the Story Changed“. The Hollywood Reporter (2016-yil 25-noyabr). 2016-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.
- ↑ Deitchman, Beth (Spring 2016). "Finding Her Way: Directors John Musker and Ron Clements Have Charted A Course For Their New Film, Moana, Which Sails Into Theatres In November 2016". Disney Twenty-three (Burbank: The Walt Disney Company) 8 (1): 32–33. ISSN 2162-5492. OCLC 698366817.
- ↑ Robinson, Joanna. „How Pacific Islanders Helped Disney's Moana Find Its Way“. Vanity Fair (2016-yil 16-noyabr). 2016-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.
- ↑ Project Casting. „Disney's "Moana" Lead Role Talent Search Open Casting Call“. Project Casting (2014-yil 3-dekabr). 2014-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-fevral.
- ↑ Asher, Christina „Moana“. CNA Casting (2014-yil 2-dekabr). 2014-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-fevral.
- ↑ Wang, Frances Kai-Hwa „The Next Disney Princess is Native Hawaiian Auli'i Cravalho“ (en). NBC News (2015-yil 7-oktyabr). 2015-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-fevral.
- ↑ Andoza:Cite interview
- ↑ Rice, Lynette „The Next Disney Princess is Moana's Auli'i Cravalho“ (en). People (2015-yil 7-oktyabr). 2016-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-fevral.
- ↑ „5 Things You Should Know About Disney's Moana Starring Auli'i Cravalho and Dwayne "The Rock" Johnson“ (en). Honolulu (2015-yil 13-oktyabr). 2015-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-avgust.