Moʻylovoyoqlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mo‘ylovoyoqlilardan yoʻnaltirildi)

Moʻylovoyoqlilar (Cirri pedia) — qisqichbaqasimonlar sinfiga mansub turkum (boshqa sistema boʻyicha kenja sinf). Suv ostidagi turli narsalar, koʻpincha harakatlanuvchi hayvonlar tanasiga yopishib yashaydi. Yumshoq tanasi alohida yaproqlardan iborat chigʻanoq bilann qoplangan. Bunday „uycha“ ichidagi moʻylovoyoqlilar qorin qismi tepaga qaragan boʻladi. Moʻylovga oʻxshash koʻkrak oyoqlar uychaning ochiladigan „tomcha“sidan chiqarilib, yelpigʻich singari yoyiladi.

Moʻylovoyoqlilar moʻylovoyoqlari yordamida suvdan mayda filtratlarni tutib oziqdanadi. Ayrim turlari (mas, sakkulina) tekinxoʻr boʻlib, oʻnoyoqli qisqichbaqasimonlar tanasida parazitlik qiladi. Oʻrtoq hayot kechirish taʼsirida moʻylovoyoqlilarning koʻp organlari (koʻzlari, antennalari, bosh va qorin boʻlimlari) oʻzgargan yoki reduksiyaga uchragan. Koʻpchilik moʻylovoyoqlilar germafrodit. Mingdan ortiqturi maʼlum. Dengizlarda har xil chuqurlikda hayot kechiradi.

Moʻylovoyoqlilardan dengiz yongʻoqchalari (balanuslar) va dengiz oʻrdakchalari (Lepas) deyarli barcha dengizlarda uchraydi. Dengiz yongʻoqchalari kemalarning suv ostki qismlariga yopishib olib, yil sayin koʻpayib borishi tufayli kema ogʻirligini oshirib, uning tezligining pasayishiga sabab boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil