Hayvonlar oriyentatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mo‘ljal olishdan yoʻnaltirildi)

Hayvonlar oriyentatsiyasi (frans. ogeShagyup — sharq tomonga yoʻnalish), b i o o r i ye ntatsiya, moʻljal olish — hayvonlarning oʻz mavqei yoki oʻrnini fazoda, oʻz turi individlari yoki boshqa turlar oʻrtasida aniqlash qobiliyati. Hayvonlar oriyentatsiyasi — tashqi muhit toʻgʻrisida retseptor sistemasi orqali axborot olish, uni markaziy nerv sistemasida qayta ishlash, solishtirish va javob reaksiyasini shakllantirishni oʻz ichiga oladigan murakkab jarayon. Signallarni qabul qilish va qayta ishlash obrazni tanib olish va signal manbai holatini aniqlashdan iborat. Oriyentatsiya usullari — muayyan ekologʻik sharoitga nisbatan morfofi-ziologik moslanish natijasi. Optik oriyentatsiya fotoretseptorlar bilan bogʻ-liq. Koʻpchilik hasharotlar qutblanadigan yorugʻlikni, ayrimlari ultrabi-nafsha nurlarni qabul qiladi. Qushlar va sut emizuvchilar yerdagi obʼyektlarga, shuningdek, Quyosh, Oy va yulduzlar holatiga qarab moʻljal olish qobiliyatiga ega. "Uy instinkti" landshaft xususiyatlari va bionavigatsiya mexanizmlari bilan bogʻliq. Koʻpchilik hayvonlar oziq qidirish, oʻz juftini topish, migratsiya va tarqalishda hid yordamida moʻljal oladi. Ayrim kapalaklar (to-vuskoʻz. pilla oʻrovchilar) erkagi urgʻochisini 10 km masofadan topadi.

Akustik oriyentatsiya — koʻrish cheklangan suv muhiti va qalin oʻtlar oʻsgan biotoplar uchun qulay. Koʻpchilik yirtqichlar oʻz oʻljasini tovush orqali topadi. Boyugʻli shitir-lagan ovoz yordamida oʻz oʻljasining oʻrnini 15–20 m masofadan G aniqlikgacha biladi (passiv lokatsiya). Koʻrshapalak va delfinlar exolokatsiyadan foydalanadi.

Termoretsepsiya — issiq nurlanishni qabul qilish xususiyati inlardagi kemiruvchilarni ovlaydigan, tumshugʻida havo haroratining mingdan bir gradusgacha oʻzgarishini sezadigan maxsus bogiq organ — termoretseptor boʻlgan qalqontumshuq va boʻgʻma ilonlar uchun xos.

Koʻpchilik tuban umurtqasizlar (mas, planariyalar), hasharotlar (pashshalar, qoʻngʻizlar, termitlar), ehtimol qushlar va suvda yashovchi sut emizuvchilar Yer magnit maydoniga qarab moʻljal oladi. Baliqlar yon chiziqlar yordamida suv oqimiga qarab, elektr organlari yordamida elektr maydoniga qarab moʻljal oladi.

Hayvonlar oriyentatsiyasi — har xil aloqa vositalari orqali olingan axborotlarni solishtirish natijasi, yaʼni integral reaksiya. Bu jarayonda vaziyatga qarab u yoki bu retseptor sistema asosiy ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Bunday mexanizm moʻljal olishning aniqligini, uning moslanuvchanlik xususiyatini oshiradi. Hayvonning oriyentatsion xatti-harakatiga populyatsiya, poda, gala yoki koloniyadagi boshqa individlar tomonidan tegishli tuzatish kiritiladi. Migratsiyada, koʻpayish yoki yosh individlarning oʻsishi davrida hayvonlarning guruh boʻlib yashashining afzalliklari ham ana shundan iborat.