Akrom Moʻminov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Moʻminov Akrom Ibrohimovichdan yoʻnaltirildi)

Akrom Ibrohimovich Moʻminov (1937.20.5, Samarqand—2001.1.11, Toshkent) — otorinolaringolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Tibbiyot fanlari doktori (1972), professor (1973). I. M. Moʻminovnnnt oʻgʻli. Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgach (1960), Sam-TI otorinolaringologiya klinikasida ordinator (1960—62), assistent (1965— 67). 1967-yildan SamTI, 1970-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi quloq, tomoq va burun kasalliklari kafedrasida dotsent, professor (1975). SamTI davolash fakultetida dekan oʻrinbosari (1967—70), Toshkent tibbiyot akademiyasida internatura ishlari boʻyicha dekan (1971), davolash va sanitariyagigiyena fakulteti quloq, tomoq, burun kasalliklari ka-fedrasi mudiri (1975—90), Buxoro tibbiyot instituti rektori (1990—95) va kafedra mudiri, SamTI rektori (1995— 2000). M. quloq, tomoq aʼzolari ekopatologiyasi, karlik va eshitish qobili-yatining susayishi muammolari ustida tadqiqot olib bordi, shu aʼzolar kasalliklarida magnitoterapiya qoʻllashni tavsiya etadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil