Moʻminjon Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Moʻminjon Abdullaevdan yoʻnaltirildi)
Moʻminjon Abdullaev
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 24-dekabr 1989-yil
Bulungʻur tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Boʻyi 190
Sport
Qaysi sport yunon-rum kurashi


Moʻminjon Rustamovich Abdullaev[1](tugʻ. 24-dekabr 1989-yil, Bulungʻur tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek yunon-rum kurashchisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Uch karra Osiyo chempionati gʻolibi, Islom birdamlik oʻyinlari va Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindori. 2018-yil yozgi Osiyo oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Uchta olimpiada ishtirokchisi.

Martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda Nyu Deli (Hindiston) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 96 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[2].

2011-yilda Istanbul (Turkiya) shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 120 kg vazn toifasida 1/32 finalda nemis kurashchisi Niko Shmidtga yutqazib qoʻydi[3].

2012-yilda Londonda (Birlashgan Qirollik) boʻlib oʻtgan XXX yozgi Olimpiya oʻyinlarida 1/8 finalda amerikalik kurashchi Dremiel Byersga yutqazib qoʻydi[4][5]. Olimpiya oʻyinlaridan soʻng Moʻminjon Abdullaevning doping testi ijobiy chiqdi va nandrolon (anabolik steroid) topildi, shundan soʻng u 2014-yilning 20-noyabriga qadar ikki yilga oʻyinlardan chetlashtirildi[6].

2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan XXXI Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 1/8 finalda rossiyalik kurashchi, boʻlajak bronza medali sovrindori Sergey Semyonovga yutqazib qoʻydi.

2017-yilda Nyu Deli (Hindiston) oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 130 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[7]. Oʻsha yili Bokuda (Ozarbayjon) boʻlib oʻtgan Islom birdamlik oʻyinlarida hamda Ashxobodda (Turkmaniston) oʻtkazilgan yakkakurash va yopiq inshootlardagi musobaqalarda Osiyo oʻyinlarida kumush medallarni qoʻlga kiritdi[3].

2018-yili Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida 130 kg vazn toifasida finalda qozogʻistonlik kurashchi Nurmaxan Tinaliyevni 8:0 hisobida magʻlub etib, oʻyinlarning oltin medalini qoʻlga kiritdi[8]. Oʻsha yili Bishkekda (Qirgʻiziston) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 130 kg vazn toifasida u finalda eronlik Behnam Aliakbar Mehdizade Arpatapega yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[9].

2019-yilda Nur-Sultonda (Qozogʻiston) boʻlib oʻtgan jahon chempionatida u chorak finalda eronlik Amir Gʻasemiga 3:1 hisobida yutqazib qoʻydi[10]. Oʻsha yili Sianda (Xitoy) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida u finalda yana eronlik Amir Gasemiga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[11].

2021-yilda Olmaota shahrida (Qozogʻiston) boʻlib oʻtgan Osiyo saralash turnirida 130 kg vazn toifasida yarim finalda xitoylik Ling Jae Myung 9:0 hisobida magʻlub etdi va shu tariqa Yozgi Olimpiya oʻyinlariga litsenziyani qoʻlga kiritdi[12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nagrajdeni borsi, zavoevavshie litsenzii na Tokiyskuyu Olimpiadu
  2. http://www.fila-official.com/images/FILA/resultats/2010/results_05_newdelhi.pdf[sayt ishlamaydi]
  3. 3,0 3,1 Wrestling ABDULLAEV Muminjon — Tokyo 2020 Olympics, 2021-07-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-11-30 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 29 (yordam)
  4. „Muminzhon Abdullayev Bio, Stats, and Results | Olympics at Sports-Reference.com“. web.archive.org (2020-yil 18-aprel). 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-iyul.
  5. UzDaily. „Лондон-2012: Муминжон Абдуллаев проиграл в первом бою“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 2021-yil 29-iyul.
  6. https://uww.org/sites/default/files/17-140808_list_of_antidoping_rules_violations_internet.pdf
  7. https://uww.org/sites/default/files/media/document/event/results/final-book-complete.pdf
  8. Kun uz. „Еще одно золото. Муминжон Абдуллаев-победитель Азиатских игр“ (ru). Kun.uz. Qaraldi: 2021-yil 29-iyul.
  9. Экономика, Политика, Общество, Президент, Парламент, Правительство. „Итоги первого дня чемпионата Азии по борьбе в Бишкеке: У Кыргызстана два «серебра» и две «бронзы»“ (ru). Информационное Агентство Кабар. Qaraldi: 2021-yil 29-iyul.
  10. https://uww.org/sites/default/files/2019-09/nur-sultan_kz_final-book_1.pdf
  11. https://uww.org/sites/default/files/2019-04/results_04_xian.pdf
  12. „Муминжон Абдуллаев завоевал путевку на Олимпиаду“ (ru). Olamsport.com. Qaraldi: 2021-yil 29-iyul.