Kontent qismiga oʻtish

Moʻgʻul oti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Moʻgʻul oti — jaydari ot zoti. Uning kelib chiqishi qadim zamonlarga borib taqaladi. Ayniqsa, 12-asr oxiriga kelib, moʻgʻullar davlatining paydo boʻlishi va moʻgʻullar istilosi davrlarida yilqichilikka eʼtibor kuchaygan, Moʻgʻul oti zoti koʻplab urchitiladigan va otliq qoʻshinning asosiy harakat vositasi boʻlgan. Ular choʻl va chala choʻl sharoitiga moslashgan.

Moʻgʻul oti boʻyi past, jussasi kichik boʻlishiga qaramay, ishchanlik qobiliyati yuqori (poyga sinovida 25 km masofani 42 minutda bosib oʻtgan). Moʻgʻul oti ning qarchigʻay balandligi 127—130 sm, tanasininguz. 134—135 sm, koʻkrakaylanasi 154—160 sm, pochasining aylanasi 17—18 sm, boʻyni qisqa, yoli va dum i qalin va uzun. Moʻgʻul oti dan salt minishda, yuk tashishda, sut va goʻsht yetishtirishda foydalaniladi. Moʻgʻul oti yil davomida yaylovda uyur-uyur holda boqiladi. Ular boshqa ot zotlaridan tanasida qatlamqatlam yogʻ toʻplashi, terisining junli boʻlishi, shu bois sovuqqa, qishda va yozgi qurgʻoqchilikda boʻladigan yem-xashak tanqisligiga chidamli boʻlishi bilan ajralib turadi.

13-asr boshlarida moʻgʻullarning Oʻrta Osiyoga qilgan bosqinlarida bu hududda qadimdan mavjud madaniy ot zotlariga M.olarining qisman taʼsiri oʻtgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil