Moʻmin
Qiyofa
(Mo'mindan yoʻnaltirildi)
| Turkum maqolalarning bir qismi |
| Islom va Imon |
|---|
| Shaxs |
|
| Guruhlar |
|
| Atamalar |
|
Moʻmin (arabcha: مُؤْمِن — eʼtiqod qiluvchi, dinga ishonuvchi) — ilk islom davrida Madina jamosi (qarang Umma) aʼzosi. Sharʼiy amallarni toʻkis bajaruvchi shaxs esa muslim deb atalgan. Moʻmin va muslim lugʻaviy jihatdan bir-biridan tafovut qilingan. Keyinchalik ular bir mazmunda tushuniladigan boʻlgan. Qurʼonda moʻmin soʻzi Allohning sifati va dindor eʼtiqodining ichki, axloqiy tomonini aks ettiruvchi alohida tushuncha sifatida qoʻllangan. Moʻmin — oddiy xalq tilida yuvosh, muloyim odam degan maʼnoni ham bildiradi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Moʻmin“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (M-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiiqtibosda Moʻminga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Islom diniga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |