Badan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mo'g'ul choyidan yoʻnaltirildi)

Badan, moʻgʻul choyi (Bergenia cras-sikolia) – toshyorardoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Oʻrta Osiyoda bir necha turi bor. Surxondaryo viloyati togʻlarida V. hissarica turi uchraydi. Gullari chiroyli, qizil yoki binafsha rang. Manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Ildizi va poyasida 28% gacha oshlovchi moddalar, arbutin glyukozidi va boʻyoq moddalar bor. Ildizpoyasidan olinadigan ekstrakt stomatit, kolit, enterokolit va ginekologik kasalliklarni davolashda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil