Valentina Mizyakova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mizyakova Valentina Stepanovnadan yoʻnaltirildi)

Valentina Stepanovna Mizyakova (1935.9.10, Volgograd viloyati — 2018) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999). Stavropol pedagogika institutining biol. fakultetini tugatgan (1965). 1946—78 yillarda Qorachoy-Cherkasiyada boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. 1978-yildan Uch-quduq shahridagi 2maktabda, 1989-yildan 9maktabda biol. oʻqituvchisi. M.ning oʻquvchilarni biol. faniga boʻlgan qiziqishlarini oʻstirish, ularni onatabiatni sevishga oʻrgatish, biol. fanini hayot bilan bogʻlab oʻqitish, taʼlim jarayonida ilgʻor pedagogik texnologi-yalardan samarali foydalanish sohasidagi tajribasi tuman va viloyat miqyosida keng ommalashtirilgan. Viloyatda eng yaxshi deb tan olingan biol. kabi-netini jihozlagan. Maktabda bogʻ yaratgan va sinfda qishki paytda turli mevalar yetishtirishni yoʻlga qoʻygan. Sinfda 200 dan ortiq turli koʻrgazmali qurol va eksponat toʻplagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil