Mizansahna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Mizansahna, mizanssena (frans. mise en scene — sahnada joylashish) — spektakl davomida (muay-yan vaqtda) sahnada aktyorlarni joylashtirish, harakatlantirish va oʻzgartirish tartibi. M. voqea ishtirokchilari harakatlarini, ular oʻrtasidagi munosabatlarni va asarning gʻoyaviybadiiy yechimini hal qilishda muhim vosita hisoblanadi. M. rejissyor tomonidan toʻgʻri hal etilsa, spektaklda uygʻunlik, yaxlitlik hosil boʻladi. M. orqali tomosha uslubi, janr xususiyatlari, davr ruhi, tarixiy sharoit hamda asarning rejissyorlik talqini oʻz ifodasini topadi. Aniq M. tanlash jarayoni rassom ishi bilan bogʻliq boʻlib, u rejissyor bilan birgalikda spektaklning maqbul, toʻgʻri yechimini topib, sahna harakati uchun sharoit yaratadi. Har bir M. aktyor tomonidan psixologik asoslangan boʻlib, tabiiy, uzviy holda ifoda etilishi lozim. M. rejissyorlik sanʼatida muhim oʻringa ega, rejissyor uslubini, mahoratini namoyish etuvchi amaliysahnaviy kompozitsiya turidir. Mannon Uygʻur, Toshxoʻja Xoʻjayev, Bahodir Yoʻldoshev, Mansur Rav-shanov, Olimjon Salimoye kabi rejissyorlar M. ustalaridir.

Kinoda M. teatrdagidan farqli oʻlaroq, kinokamera orqali mizankadr (yaʼni kadrlar montaj zanjiriga kiritilib, ekran yuzasida kompozitsiya holatiga keltirilgan tomosha) yaratishning dastlabki sharti boʻlib xizmat qiladi. Kinoda M. ishlab chiqishda rejissyor, rassom va operator hamkorlikda faqat aktyorlarning joylashishi va harakatinigina emas, balki kinoka-meraning harakatdagi yoki turgʻun holati, ishlatilayotgan koʻzgu (obʼyektiv) turi, suratga olish rakursi, yerugʻlik dinamikasi va boshqalarni hisobga oladi. M. rejissuraning eng muhim unsurlaridan boʻlib, kinoda ham filmning uslubi va janrini belgilovchi asosiy omildir.

Muhsin Krdirov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil