Miyacha chuqur yadrolari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Miyacha oʻng yarimsharining sagittal kesmasi. Oʻng oliva ham sagittal kesilgan. (Tishsimon yadro markazda koʻrsatilgan)

Miyacha markazida oq modda ichida joylashgan toʻrtta miyacha chuqur yadrolari mavjud.

Kiruvchi impulslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu yadrolar miyacha poʻstlogʻidagi Purkinye hujayralaridan ingibirlovchi (GAMKergik) impulslarni va moxsimon tola va koʻtariluvchi tola yoʻllaridan qoʻzgʻatuvchi (glutamatergik) impulslarni qabul qiladi. Miyachadan chiquvchi koʻp tolalar shu yadrolardan chiqadi. Yagona istisno flocculonodular boʻlakdan chiquvchi tolalar miyacha chuqur yadrolarini chetlab oʻtib, toʻgʻri vestibulyar yadrolarda sinaps hosil qiladi. Miya ustunidagi vestibulyar yadrolar miyacha chuqur yadrolari bilan analogik struktura boʻlib, moxsimon tola va Purkinye hujayralaridan impuls qabul qiladi. [manba kerak]

Maxsus yadrolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻrt miyacha chuqur yadrolari, lateraldan medialga qarab: (tishsimon, probkasimon, sharsimon va choʻqqi yadrolari. Ba’zi hayvonlarda, shuningdek odamlarda ham, alohida probkasimon va sharsimon yadrolar yoʻq, ularning oʻrniga birlashib ketgan aralashgan yadro (ing. interposed nucleus) bor. Alohida probkasimon va sharsimon yadrolarga ega hayvonlarda, aralashgan yadro termini odatda shu ikki yadroni birgalikda atash uchun qoʻllaniladi.

Topografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umuman olganda, har bir juft chuqur yadrolar miyacha yuza anatomiyasining mos sohalari bilan bogʻlangan.

  • Tishsimon yadrolar lateral yarimsharlarda chuqur joylashgan,
  • aralashgan yadrolar paravermal (oʻrta) zonada joylashgan,
  • va choʻqqi yadrolari chuvalchangsimon qismda joylashgan.

Tuzilishdagi bu aloqalar, umuman olganda yadrolar va assotsiatsiyalangan miyacha poʻstlogʻI orasidagi neyronal bogʻlanishlarni taminlaydi,

  • tishsimon yadro asosiy boglanishlari lateral yarimsharlar bilan,
  • aralashgan yadrolar asosiy impulslarni paravermisdan oladi,
  • va choʻqqi yadrolari asosiy afferentlari chuvalchangsimon qismdan oladi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hujjat
Bu andozaning koʻrinishini qanday boshqarish
  • Qoʻlla {{Miyacha chuqur yadrolari |holat=yigʻilgan}}  bu andozani yigʻish (yashir) holatida koʻrsatish.
  • Qoʻlla {{Miyacha chuqur yadrolari |holat=kengaytirilgan}}  bu andozani kengaytirish (toʻliq koʻrsatish) holatida koʻrsatish.
  • Qoʻlla {{Miyacha chuqur yadrolari |holat=avtomatik yigʻish}}  bu andozani yigʻish (yashir) holatida koʻrsatish faqat agar sahifada bir xil turdagi boshqa bir andoza boʻlsa.
  • Agar oʻrnatilmagan boʻlsa, unda (andoza kodidagi holat parametrini koʻring), avtomatik yigʻish bu majburiyatni bajarmaslik holati.