Mixirakula
Qiyofa
Mixirakula (6-asr) — oq hunlar — eftaliylar sardori (515—6-asr oʻrtasi). Shim.-Gʻarbiy Hindiston (poytaxti — Shakala shahri, hozirgi Sialkot)da hukmronlik qilgan. M. tasarrufidagi mulklar Jamna — Gang vodiysiga, Gvaliorgacha tarqalgan. 528 yil hind hukmdorlari birlashgan qoʻshini tomonidan magʻlubiyatga uchragan, bu eftaliylarning Hindistonga keyingi yurishlariga barham bergan. Ularning ixtiyorida faqat Hind daryosi vodiysigina saqlanib qolgan. Hind xalqi tarixiy anʼ-anasida M. zolim, mustabid podshoh va shafqatsiz, qahrli istilochi sifatida aks ettirilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |