Kontent qismiga oʻtish

Mixail Yeremchuk

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mixail Yeremchuk
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mixail Viktorovichh Yeremchuk
Tavallud sanasi 14-noyabr 1980-yil (1980-11-14) (45 yosh)
Tavallud joyi Rechitsa, Belorussiya SSR
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997—2000 Vedrich-97 Rechitsa 79 (6)
2001 Gomel 0 (0)
2002—2004 Vedrich-97 Rechitsa 73 (26)
2005—2009 MTZ-RIPO Minsk 121 (12)
2010—2011 Belshina Bobruisk 56 (3)
2012 Naftan Novopolotsk 5 (0)
Boshqargan klublari
2013—2014 Rechitsa-2014 (yordamchi)
2015 Rechitsa-2014
2016 DSK Gomel
2016 Torpedo (Mogilyov)
2018—2021 Energetik BGU (murabbiy)
2021—2024 Soʻgʻdiyona (murabbiy)
2025 Buxoro (murabbiy)
2025 Oʻzbekiston (murabbiy)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2012-yil 5-dekabr uchun)

Mixail Yeremchuk (belaruscha: Міхаіл Ерамчук; ruscha: Михаил Еремчук; 1980-yil 14-noyabrda Rechitsada tugʻilgan) – nafaqadagi belaruslik professional futbolchi. Maydonda yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. 2013-yildan boshlab murabbiylik faoliyatiuni boshlagan va 2015-yilda Rechitsa-2014 futbol klubida bosh murabbiyi boʻlgan. 2025-yilda Buxoro futbol klubida bosh murabbiy Ulugʻbek Baqoyevga yordamchilik qilmoqda.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatini Rechitsa shahridagi „Vedrich-97“ klubida boshlagan boʻlib, u yerda 2004-yilgacha tanaffuslar bilan oʻynagan. Soʻngra poytaxtning „MTZ-RIPO“ va Bobruysk shahrining „Belshina“ jamoalarida muvaffaqiyatli oʻyin koʻrsatgan. 2012-yil fevral oyida Novopolotsk shahridagi „Naftan“ klubiga oʻtgan. 2012-yilgi mavsumning yakunida Novopolotsk jamoasini tark etib, futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil iyun oyida Rechitsa shahridagi „Vedrich-97“ futbol klubining vaqtincha bosh murabbiyi etib tayinlangan[1]. U boshchilik qilgan jamoa qisqa muddat ichida Rechitsa klubi turnir jadvalining pastki qismidan oʻrtasiga koʻtarilgan. 2013-yil iyulda Aleksandr Brazevich bosh murabbiy etib tayinlangach, u klubning katta murabbiyi lavozimida qolgan[2].

2015-yil martda Aleksandr Brazevich klubdan ketgach, Yeremchuk Birinchi liga boshlanishidan oldin jamoaning bosh murabbiyi boʻlgan[3]. Moliyaviy qiyinchiliklar tufayli „Rechitsa-2014“ asosiy oʻyinchilarini yoʻqotdi va jamoa tez orada jadvalning oxirgi oʻrniga tushib qoldi. Mavsumning ikkinchi yarmida oʻyin yaxshilandi, lekin Rechitsa klubi jadvalning soʻnggi qatoridan chiqib keta olmadi. Mavsum yakunida esa klubning tarqatib yuborilganligi maʼlum boʻlgan.

2016-yil boshida u asosan „Rechitsa-2014“ jamoasining sobiq oʻyinchilaridan tashkil topgan qayta tiklangan „DSK-Gomel“ jamoasini boshqarishga rozilik berdi, biroq soʻnggi daqiqada klub Ikkinchi ligada ishtirok etishdan voz kechdi. 2016-yil 1-iyulda Yeremchuk Mahiljouning „Torpedo“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan[4]. U 2016-yilgi mavsum oxirigacha jamoani boshqardi, shundan soʻng jamoani tark etdi.

2018-yildan boshlab Minskning „Energetik-BGU“ klubi murabbiylar shtabida faoliyat yuritdi, 2021-yil iyun oyida[5] esa Oʻzbekistonning „Soʻgʻdiyona“ klubiga oʻtgan.

F.Skorina nomidagi Gomel davlat universiteti hamda Belarus Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv akademiyasini tamomlagan[6].

Futbollchi sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
MTZ-RIPO Minsk
  • Belarus kubogi gʻolibi: 2004–05, 2007–08
Naftan Novopolotsk
  • Belarus kubogi gʻolibi: 2011–12

Shaxsiy sovrinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Davlat mukofotlari