Mixail Terexov (futbolchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mixail Terexov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1-fevral 1968-yil (1968-02-01) (56 yosh)
Tavallud joyi ToshkentOʻzbekiston SSR
Ampluasi himoyachi, yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sovet IttifoqiPaxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1986

1992
1993
1995—1996
Sovet Ittifoqi Kosonsoychi
Sovet Ittifoqi Sohibkor
Oʻzbekiston Kimyogar(Olmaliq)
Oʻzbekiston Kimyogar (Chirchiq)
Rossiya Amkar
(32 (0)

27 (0)
 ? (4)
42 (4))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Mixail Terexov (1968-yil 1-fevral, Toshkent) — sovet va oʻzbek futbolchisi, himoyachi va yarim himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkentning "Paxtakor" yoshlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. SSSR chempionatlarida „Kosonsoychi“ va „Sohibkor“ jamoalarida ikkinchi ligada oʻynagan.

1992-yil „Kimyogar“ (Olmaliq) safida Oʻzbekiston oliy ligasida toʻp surib, 27 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1993-yili esa birinchi ligada "Kimyogar" (Chirchiq) jamoasi sharafini himoya qilgan.

1995-yili chirchiqlik jamoadoshi Arslon Talipov bilan birgalikda Rossiyaning „Amkar“ klubiga oʻtib, ikki mavsumni jamoa safida oʻtkazgan. 1995-yil natijalariga koʻra uchinchi liga zona turnirining kumush medali sovrindori boʻlgan. 1996-yili ikkinchi ligada oʻynagan.

Futbolchining keyingi taqdiri haqida maʼlumotlar mavjud emas.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]