Mixail Fayozov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mixail (Mamasharif) Gʻiyosovich Fayozov [1925.15.6, Avliyoota (Qozogʻiston, hozirgi Taroz shahri) — 1990.30.10, Chuyet shahri] — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi leytenant. 1943 yildan armiya safida. Shu yildan frontda. Kichik leytenantlar kursini tugatgan. 175-gvardiyachi oʻqchi polki (1-Ukraina fronta, 5gvardiyachi armiyaning, 58-gvardiyachi oʻqchi diviziyasi) vzvod komandiri. 1945 yil 23 yanvarda Oder daryosini kechib oʻtishda alohida koʻrsatgan jasorati uchun 1945 yil 27 iyunda Qahramon unvoni berilgan. Chuyet tumanida turli xoʻjalik rahbari vazifalarida ishlagan. Chuyet shahridagi maktab va koʻchaga Fayozov nomi berilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil