Mixail Orlov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mixail Aleksandrovich Orlovdan yoʻnaltirildi)

Mixail Aleksandrovich Orlov (1888, Moskva - 1972.4.5, Toshkent) — tuproqshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944), professor (1949). Moskva universitetini tugatgan (1912). Oʻrta Osiyo universiteti tuprok,-shunoslik kafedrasi dotsenti (1920— 35), mudiri (1935—62). O. rahbarligida va ishtirokida Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, Qoraqalpogʻiston va Pomirning tabiiy sharoiti, tuproqlari oʻrganil-gan, 200 dan ortiq xoʻjalikning tuproq haritasi tuzilib, ishlab chiqarishga tatbiq etilgan. O. Oʻrta Osiyodagi qadimdan sugʻorib kelinayotgan voha madaniy tuproq xususiyatlarini oʻrganib, ularning birinchi tasnifini ishlab chiqqan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • O pochvax Pamira, T., 1937; O serozemax i oazisno-kulturnix pochvax, T., 1937; Novie osnovi pochvennoy klassifikatsii, T., 1947.