Mittivoy va Karlsson. Kichkina shahzoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mittivoy va Karlsson. Kichkina shahzoda
Asl nomi Lillebror och Karlsson på taket
Le Petit Prince
Muallif(lar) Astrid Lindgren
Antoine de Saint-Exupéry
Tarjimon(lar) Husan Roʻzimatov
Xayriddin Sultonov
Til shved
fransuz
Janr(lar)i ertak
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1988
Sahifalar soni 286
ISBN ISBN 5-635-00118-1

„Mittivoy va Karlsson. Kichkina shahzoda“shved yozuvchisi Astrid Lindgren hamda fransuz yozuvchisi Antoine de Saint-Exupéry qalamiga mansub ertak-qissalar toʻplami. 1988-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.[1]

„Mittivoy va Karlsson“ni Astrid Lindgren yozgan boʻlib, uni rus tilidan oʻzbek tiliga Husan Roʻzimatov tarjima qilgan. „Kichkina shahzoda“ esa Antoine de Saint-Exupéry qalamiga mansub boʻlib, uni Xayriddin Sultonov oʻzbekchaga oʻgirgan.

Oʻzbekcha toʻplamni tayyorlagan redkollegiya Hakim Nazir, Anvar Obidjon, Farhod Musajonov, Quddus Muhammadiy, Raim Farhodiy, Poʻlat Moʻmin, Ergash Raimov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Nosir Fozilovlardan iborat boʻlgan. Asar rasmlari S. Silka tomonidan chizilgan.

Mittivoy va Karlsson[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Mittivoy va Karlsson“ni shved yozuvchisi Astrid Lindgren yozgan. Uni rus tilidan oʻzbek tiliga Husan Roʻzimatov tarjima qilgan.

„Mittivoy va Karlsson“dagi voqealar 1950-yilda Stokgolm shahrining Vasastan markaziy rayonida sodir boʻladi. Voqealar bir uyda yashovchi ikki bosh qahramon – Svantesonlar oilasining kichkina farzandi Svante va tomda yashovchi Karlsson haqidadir. Toʻplamga Svante hamda Karlsson haqidagi uch qissa – „Mittivoy va tomda yashovchi Karlsson“, „Tomda yashovchi Karlsson yana uchib keldi“ hamda „Tomda yashovchi Karlsson yana shoʻxlik qilyapti“ qissalari kiritilgan.

Kichkina shahzoda[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Kichkina shahzoda“ni fransuz yozuvchisi Antoine de Saint-Exupéry yozgan. Uni oʻzbek tiliga Xayriddin Sultonov oʻgirgan.

„Kichkina shahzoda“ ilk bor 1943-yil chop etilgangan boʻlib, undagi rasmlarni muallifning oʻzi chizgan. Asarda choʻlda yolgʻiz qolgan uchuvchi kichik asteroiddan yerga qulagan shahzoda bilan uchrashadi. „Kichkina shahzoda“ falsafiy asar boʻlib, unda ijtimoiy tanqid bor. Saint-Exupéryning eng mashhur asari hisoblanmish „Kichkina shahzoda“ dunyoning 250 dan oshiq tiliga tarjima qilingan, Fransiyada esa 20-asrning eng sara kitobi deb topilgan.

Boʻlimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Mittivoy va Karlsson“
  1. „Mittivoy va tomda yashovchi Karlsson“
  2. „Tomda yashovchi Karlsson yana uchib keldi“
  3. „Tomda yashovchi Karlsson yana shoʻxlik qilyapti“
  • „Kichkina shahzoda“

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Mittivoy va Karlsson“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]