Mitchell Pinnock

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mitchell Pinnock
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mitchell Bernard Pinnock[1]
Tavallud sanasi 12-dekabr 1994-yil (1994-12-12) (29 yosh)
Tavallud joyi Gravesend, Angliya
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Northampton Town
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2010 Arsenal
2010—2013 Southend United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2014 Southend United 2 (0)
2014East Thurrock United (ijara) 10 (0)
2014—2015 Bromley 6 (0)
2014—2015Concord Rangers (ijara) 3 (0)
2015Tonbridge Angels (ijara) 5 (1)
2015Tonbridge Angels (ijara) 5 (3)
2015 Maidstone United 6 (0)
2015Tonbridge Angels (ijara) 4 (0)
2015—2016 Dover Athletic 2 (0)
2016 Kingstonian 8 (1)
Milliy terma jamoa
2018

Angliya milliy futbol

terma jamoasi (C jamoasi)
1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 12-noyabr uchun)

Mitchell Bernard Pinnock (talaffuzi: Mitchel Bernard Pinok) (1994-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — ingliz futbolchisi. Mitchell Pinnock „Northampton Town“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mitchell Pinnock oʻz faoliyatini „Southend United“ futbol klubida boshlagan. U oʻzining klub safidagi ilk oʻyinini 2013-yilning 16-aprelida „Aldershot Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan[2][3]. Mitchell Pinnock 2014-yilda Isthmian ligasi vakili „East Thurrock United“ futbol klubida ijarada oʻynagan[4]. „Southend“ futbol klubini tark etgach, Mitchell Pinnock „Bromley“ futbol klubiga qoʻshilgan. Mitchell Pinnock klubdagi debyut oʻyinini 18-oktabr kuni „Bath City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi va ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushdi. Dekabr oyida „Concord Rangers“ futbol klubi safiga ijara asosida qoʻshilishdan oldin u „Bromley“ klubi uchun yana ikkita liga oʻyinida maydonga tushdi. 2015-yil fevral oyida Mitchell Pinnock bir oylik ijara asosida „Tonbridge Angels“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi[5]. Bir qancha hujumkor oʻyinchilarning jarohati tufayli Mitchell Pinnockni „Bromley“ klubi muddatidan avval ijaradan chaqirib oldi.

„Kingstonian“ futbol klubi bilan qisqa muddatli ijara davridan soʻng, Mitchell Pinnock 2016-yil iyul oyida 2016—2017-yilgi mavsumning oxirigacha amal qiladigan „Dover Athletic“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

2018-yilning yozida Mitchell Pinnock „AFC Wimbledon“ futbol klubi bilan doimiy transferga imzo chekdi[6].

Kilmarnock[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning yozida Mitchell Pinnock „Kilmarnock“ futbol klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[7][8]. Mitchell Pinnock klub uchun oʻzining birinchi golini 2020-yilning noyabr oyida „Dumbarton“ futbol klubi ustidan gʻalaba qozonilgan uchrashuvda kiritishga muvaffaq boʻldi[9].

2021-yilning 4-iyunida Mitchell Pinnock (yangi shartnoma taklifini rad etganidan soʻng) bir mavsumdan soʻng klubni tark etishi maʼlum boʻldi[10][11].

Northampton Town[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 8-iyun kuni Mitchell Pinnock yaqinda Ikkinchi ligaga tushib qolgan „Northampton Town“ futbol klubiga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshilishga rozi boʻlgani va Shotlandiyadagi shartnomasi muddati tugashi bilan 1-iyul kuni klubga qoʻshilishi eʼlon qilindi[12].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Southend United 2012—2013 Ikkinchi liga 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
2013—2014 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
East Thurrock United (ijara) 2013—2014 Isthmian ligasi 10 0 0 0 0 0 10 0
Bromley 2014—2015 Shimoliy konferensiya 6 0 1 0 0 0 7 0
Concord Rangers (ijara) 2014—2015 Shimoliy konferensiya 3 0 0 0 0 0 3 0
Tonbridge Angels (ijara) 2014—2015 Isthmian ligasi 10 4 0 0 0 0 10 4
Maidstone United 2015—2016 Milliy liga 6 0 0 0 0 0 6 0
Tonbridge Angels (ijara) 2015—2016 Isthmian ligasi 4 0 0 0 0 0 4 0
Dover Athletic 2015—2016 Milliy liga 2 0 0 0 0 0 2 0
Kingstonian 2015—2016 Isthmian ligasi 8 1 0 0 0 0 8 1
Dover Athletic 2016—2017 Milliy liga 23 0 2 1 2 0 27 1
2017—2018 42 8 2 0 3 3 47 11
Jami 67 8 4 1 0 0 5 3 76 12
AFC Wimbledon 2018—2019 Birinchi liga 34 3 5 1 2 0 3 0 44 4
2019—2020 25 3 2 0 0 0 2 0 29 3
Jami 59 6 7 1 2 0 5 0 73 7
Kilmarnock 2020—2021 Shotlandiya Premer ligasi 30 4 3 0 2 1 2 0 37 5
Northampton Town 2021—2022 Ikkinchi liga 46 9 2 0 2 0 3 0 53 9
2022—2023 18 2 1 0 1 0 1 0 21 2
Jami 64 11 3 0 3 0 4 0 74 11
Jami 269 34 18 2 7 1 16 3 310 40

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Notification of shirt numbers: AFC Wimbledon“. English Football League. Qaraldi: 14-aprel 2020-yil.
  2. „Aldershot 0–2 Southend“. BBC Sport. Qaraldi: 27-may 2013-yil.
  3. „Mitchell Pinnock planning to seal first team spot at Southend United“. Southend Echo. Qaraldi: 27-may 2013-yil.
  4. „Full-time: Lowestoft Town 3 East Thurrock United 0“. The Lowestoft Journal (21-yanvar 2014-yil). 2018-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-avgust 2018-yil.
  5. „Tonbridge Angels boss Steve McKimm hopes to make a third signing before his side take on East Thurrock United“. Kent Online (13-fevral 2015-yil). Qaraldi: 17-fevral 2015-yil.
  6. „New signing: Mitch Pinnock joins Wimbledon“ (en-gb). Qaraldi: 15-iyun 2018-yil.
  7. „Mitch Pinnock: Kilmarnock sign winger after Wimbledon exit“ (en-gb). BBC Sport (8-iyul 2020-yil). Qaraldi: 9-iyul 2020-yil.
  8. „MITCH PINNOCK BECOMES SECOND SUMMER ARRIVAL“. kilmarnockfc.co.uk (2020-yil 8-iyul).
  9. „Kilmarnock 2–0 Dumbarton: Mitch is off the Mark“. kilmarnockfc.co.uk (14-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 8-iyun 2021-yil.
  10. „SQUAD UPDATE FOLLOWING 2020/21 SEASON“. kilmarnockfc.co.uk (25-may 2021-yil). Qaraldi: 8-iyun 2021-yil.
  11. „PLAYER UPDATE AS BROADFOOT, KILTIE AND LAFFERTY DEPART“. kilmarnockfc.co.uk (4-iyun 2021-yil). Qaraldi: 8-iyun 2021-yil.
  12. „NORTHAMPTON TOWN COMPLETE THE SIGNING OF MITCH PINNOCK“. www.ntfc.co.uk (8-iyun 2021-yil).