Missisipi bayrogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Missisipi shtati bayrogʻi
Mamlakat AQSH
Mutanosibligi 5:8
Qabul qilindi 11-yanvar, 2021-yil (3 yil avval) (2021-01-11)
Bayroq mualliflari Roki Voen,Su Anna Joe, Kara Jayles, Domnic Pju, Maika Watson[1]

Magnoliya bayrogʻi 1861-1894

1894-2020

Missisipi bayrogʻi (inglizcha: Flag of Mississippi) — AQShning Missisipi shtatining davlat ramzlaridan biri. Bayroqda markazida chetlari tillarang boʻlgan koʻk vertikal chiziqli qizil maydonda oq magnoliya guli va „In God We Trust“ (inglizchadan  „Biz Xudoga ishonamiz“) soʻzlari tasvirlangan. Bayroq Missisipi bayrogʻini qayta loyihalash komissiyasi tomonidan tanlab olingan va 2020-yil 3-noyabrda oʻtkazilgan referendumda maʼqullangan. 2021-yil 6-yanvarda bayroq shtat parlamenti tomonidan tasdiqlandi va 11-yanvarda rasmiylashtirildi.[2][3][4] U yuqori chap burchagida Amerika Konfederativ shtatlarining jangovar bayrogʻi tasvirlangan va 2020-yil 30-iyunda bekor qilingan oldingi bayroq oʻrnini egalladi[5].

Tarixiy bayroqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1861-yil 9-yanvarda fuqarolar urushi boshlanganidan keyin Missisipi Ittifoqdan ajralib chiqdi va Jeksondagi Kapitoliy binosi ustida mustaqillik ramzi sifatida koʻtarilgan, moviy maydonida oq yulduzi boʻlgan Moviy Bonni bayrogʻini qabul qildi.

1861-yil 25-yanvarda Missisipi shtati rasman „Magnoliya bayrogʻi“ deb nomlanuvchi yangi bayroqni qabul qilindi. U chetida-Bonni Blue Flag, markazida esa magnoliya daraxti boʻlgan oq mato edi.

1894-yil 7-fevralda shtatning qonun chiqaruvchi kengashi bayroqni Edvard N. Skadder tomonidan ishlab chiqilgan yangisi bilan almashtirdi. Bayroq koʻk, oq va qizil rangli uchta teng gorizontal chiziqlardan iborat edi; chetida qizil fonda oq rang bilan chegaralangan,13 ta oq yulduzli koʻk qiya xoch joylashgan Konfederatsiya armiyasining jangovar bayrogʻi tasvirlangan.

1906-yilda Missisipi shtati qonun chiqaruvchi organlar tomonidan qayta qabul qilinmagan yoki yangi kodeksga kiritilmagan barcha umumiy qonunlarni bekor qiluvchi qayta koʻrib chiqilgan huquqiy kodeksni qabul qildi. Bunda 1894-yil bayrogʻi haqidagi eslatma tasodifan tushib qoldirildi va shtat yuridik asosda 2000-yilgacha rasmiy bayroqsiz qoldi.

Kelgusida bayroqning ranglari bir necha bor oʻzgardi.

1894-1996 1996-2001 2001-2020

2001-yilgi bayroqning referendumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayroq loyihasi. 2001-yil

2000-yilda Missisipi shtati Oliy sudi 1894-yilda qabul qilingan bayroqni norasmiy deb topdi, chunki uni qabul qilish toʻgʻrisidagi qonun 1906-yilda shtat qonun chiqaruvchi kengashi tomonidan bekor qilingan va uning keyingi ishlatilishi anʼanaga hurmat sifatida boʻlgan.

Shtat gubernatori Ronni Musgrove taklifi bilan yangi bayroqni ishlab chiqish uchun komissiya tuzildi. 2001-yil 17-aprelda bayroqning ikkita versiyasi -eskisi (1894-yil modeli) va yangisi (komissiya tomonidan ishlab chiqilgan) taklif qilingan referendum boʻlib oʻtdi.

Taklif etilgan bayroqda bayroq chetidagi Konfederatsiya harbiy bayrogʻi yigirmata yulduzli koʻk kvadratga almashtirildi. 13 yulduzdan iborat tashqi halqa Qoʻshma Shtatlarni tashkil etgan oʻn uchta koloniyani, oltita yulduzli halqa — Missisipi hududida suverenitetga ega boʻlgan oltita xalqni (hindu qabilalari, Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, AQSh va Konfederatsiya), ichki halqa (katta oʻlchamdagi) — Missisipi shtatini anglatar edi. Shuningdek, ushbu yigirmata yulduz Missisipi shtati Qoʻshma Shtatlar tarkibiga kirgan yigirmanchi shtat boʻlganligini anglatgan.

Referendum natijalariga koʻra, yangi bayroq uchun 35 %, eski bayroq uchun 65 % (qora tanli aholining koʻpchiligi yangi bayroq uchun, oq tanlilarning koʻpchiligi esa eski bayroq uchun) ovoz berilgan.

Yangi bayroq (2020 — bizning vaqt)[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Buyuk daryo bayrogʻi“. Loyiha
„Yangi Magnoliya“ (yoki „Biz Xudoga ishonamiz“) bayrogʻi. Loyiha

AQShda 2020-yil 26-may kuni Jorj Floydning oʻldirilishidan soʻng boshlangan ommaviy norozilik namoyishlari ortidan davlat bayrogʻida CSA belgilarining boʻlishining maqsadga muvofiqligi haqidagi bahslar yana avj oldi. 28-iyun kuni Senat va Vakillar palatasida oʻtkazilgan ovoz berish chogʻida ramzni oʻzgartirish masalasini referendumga qoʻyish taklifi ilgari surildi, biroq u rad etildi. Shtat gubernatori Teyt Rivz, agar yangi bayroq parlament palatalari tomonidan qabul qilinsa, uni tasdiqlashga vaʼda berdi. Shtat davlat ramzini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi hujjatga koʻra, yangi bayroqni loyihalash boʻyicha komissiya tuziladi va u noyabr oyida saylovchilar oʻrtasida ovozga qoʻyiladi[6]. 30-iyun kuni shtat gubernatori televideniye orqali qilgan murojaatidan soʻng bayroqni almashtirish toʻgʻrisidagi aktni imzoladi. 2020-yil 30-iyundan 2021-yil 11-yanvargacha shtatning bayrogʻi yoʻq edi,[7] chunki Missisipi parlamentining ikki palatasi tomonidan koʻpchilik tomonidan irqchilik ramzi hisoblangan Amerika Confederativ Shtatlarining soldatlari bayrogʻini esga solmasligi uchun uni oʻzgartirish haqida qaror qabul qilingandi.

Yangi bayroq uchun tanlovga 2000 dan ortiq ishlar kelib tushgan. 14-avgust kuni oʻtkazilgan yigʻilishda komissiya Missisipi daryosi, magnoliya guli, yulduzlar va boshqa koʻplab shtat uchun qadrli boʻlgan timsollarni oʻz ichiga olgan toʻqqizta loyihani tanlaganini eʼlon qildi. 18-avgustda beshta finalchi eʼlon qilindi va 25-avgustda ikkita loyiha qoldi — Buyuk daryo bayrogʻi[8] va Yangi Magnoliya[9]. Oxir-oqibat, 2-sentabr kuni komissiya 3-noyabrdagi umumiy ovoz berish uchun „Biz Xudoga ishonamiz“ shiori yozilgan „Yangi Magnoliya“ bayrogʻini koʻrsatishga ovoz berdi. Asl dizaynga kichik oʻzgarishlar kiritilgandi: matn qalinroq va qizil va oltin chiziqlar yoʻgʻonroq boʻlgandi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „State Flag Commission Picks New Magnolia Flag for November Ballot“ (en). Mississippi Department of Archives & History (2020-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 6-noyabr.
  2. Pender, Geoff „Mississippians adopt new state flag after Confederate emblem flew for 126 years“ (en). Mississippi Today (2020-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 4-noyabr.
  3. „House Bill 1796 section 2(1)“.
  4. „Mississippi governor signing law for flag without rebel sign“ (en). The Independent (2021-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  5. „Mississippi governor signs bill changing state's flag, abandoning Confederate symbol“. The Washington Post (2020-yil 1-iyul). Qaraldi: 5-iyul 2020-yil.
  6. „Законодатели штата Миссисипи одобрили законопроект об изменении флага штата“. ТАСС (2020-yil 29-iyun). Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  7. „Власти штата Миссисипи изменят флаг из-за символики Конфедерации“. Комсомольская правда (2020-yil 1-iyul). Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  8. Corder, Frank. „Could the Great River Flag be the odds on favorite for new Mississippi flag?“ (en). Y’all Politics (2020-yil 13-avgust). 2020-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-iyun.
  9. „Commission to Redesign the Mississippi State Flag Top Two Finalists“ (en). Mississippi Department of Archives & History. Qaraldi: 2020-yil 4-noyabr.