Misr bozori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Misr bozorining binosi

Misr bozori, Istanbulning eski qismida, Eminonu tumanida joylashgan. Katta bozordan keyin ikkinchi yirik bozor hisoblanadi. Uning hududida 80 ga yaqin doʻkonlar mavjud boʻlib, ularning asosiy assortiment turlari shirinliklar, ziravorlar va dorivor oʻsimliklar, quritilgan mevalar, goʻsht hamda sut mahsulotlaridan iborat.

Bozor qurilishi 1597-yilda Safiye Sulton tomonidan boshlangan boʻlib, 1664-yilda Xadije Turxon Sulton tomonidan yakunlangan. Qurilish 67 yil davom etgan va meʼmor Mustafo ogʻa tomonidan qurib bitkazilgan. Dastlab, u Yangi masjid majmuasining bir qismi boʻlib, uning qurilishini moliyalashtirish funksiyasini bajargan. Oyna teskari L harfi shaklida qurilgan bino 6 ta kirish darvozasidan iborat. Majmua gumbazlari qoʻrgʻoshin bilan qoplangan.

U dastlab „yangi“ va „onalik“ bozori deb atalgan. Keyinchalik u „Misr“ deb nom berilgan, sababi, oʻsha davrdagi ziravorlarning asosiy qismi Hindistondan Yevropaga Misr orqali yetkazib berilgan.

Misr bozori 1691-yil va 1940-yilda ikki marta yongʻin natijasida vayron boʻlgan. 1940-1943-yillardagi restavratsiya ishlari davomida, majmua oʻzining koʻplab asl detallarini yoʻqotgan. 1941-yilda u yangi masjiddan qurilgan yoʻl bilan ajratilgan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]