Mirzoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mirzoy — oʻrtapishar sabzi navlari. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i.t. institutida Toshkent viloyatida ekiladigan xalq seleksiyasi namunalar negizida yakka tanlash usuli bilan chiqarilgan (1946). Sariq M. va Qizil M. navlari bor. Sariq M. sabzisining bargi toʻq yashil. Ildizmeva shakli silindrsimon, uch tomoni bir oz ingichkalashgan, baʼzan toʻmtoq, uz. 15—16 sm, diametri 3—3,5 sm. Vazni 50—80 g . Tuyey, eti va oʻzagining rangi sariq. Sersuv, shirin. Tarkibida 9,9—10,6% quruq modda, 4,98— 5,08% kand, 40 mg % karotin va vitaminlar mavjud. Hosiddorligi 140—170 s/ga. Unumdor yerlarda va yuqori agrotexnika parvarishida hosildorligi 250—270 s/ga gacha boradi. Oʻsuv davri 100—110 kun. Qizil M. nisbatan ertaroq pishadi. Sabzisi shakli silindrsimon, uch tomoniga qarab ingichkalashgan, boʻyi 13—17 sm, diametri 3,5—4,0 sm, vazni 60—80 g . Tuyey, eti va oʻzagining rangi qizgʻish, sersuv, karsillaydi. Tarkibida 10,9— 11,8% quruq modda, 8—6,1% qand bor, hosilining 8—9% i yorilib ketishga moyil. Oʻsuv davri 82—92 kun. Sabzilari uzoq vaqt yaxshi saqlanadi, Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlarida koʻp ekiladi. Oziq-ovqat va kon-serva sanoatida ishlatiladi.

Rafsha Gʻanixoʻjayeva.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil