Toʻxtasin Mirzayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mirzayev Toʻxtasindan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Toʻxtasin Mirzayev (1913, Andijon viloyati, Marhamat qishlogʻi — bedarak yoʻqolgan) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1942 yildan armiyada. Dasht fronti 37-armiyasining 10-gvardiyachi havodesant diviziyasi, 30-polkining oʻqchisi. 1943 yil 3 oktabrda Dnepropetrovsk viloyati, Verxnedneprovsk rayonnidagi Mishurin Rog qishlogʻi uchun boʻlgan jangda alohida jasorat koʻrsatgan. 1943 yil 20 dekabrda Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan. Andijon viloyati Asaka tumanidagi 3maktab va internat maktabiga nomi berilgan. Marhamat shahrida haykal oʻrnatilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil