Rahmat Mirzayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mirzayev Rahmatdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Mirzayev Rahmat (1878 - Buxoro -1963) — zardoʻz, Buxoro zardoʻzlik maktabining yirik namoyandasi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1957). Zardoʻzlikni otasi va boshqa ustalardan oʻrgangan. Yoshligidan Qori Hasan ustaxonasida ishlagan. 1928 yildan turli artellar (keyinchalik "Buxoro zardoʻzlik f-kasi")da zardoʻz. Zardoʻzlik sanʼatini puxta egallagan M. zardoʻzlik rivojiga katta hissa qoʻshgan; anʼanaviy naqshlarni mahorat bilan qoʻllab amaliy sanʼat na-munalarini yaratdi, naqsh mujassamotlarini yangi xususiyatlar bilan boyitdi, zardoʻzi choklarning nafisligi va jozibadorligiga erishdi. "Tinchlik kabutari" peshonabandi (1949—50), "Ismoil Somoniy maqbarasi" namoyoni, rangbarang mujassamotli ("darham", "zamindoʻzi", "toj", "qubbadoʻzi" va boshqalar) doʻppilarni mustaqil yaratgan, Navoiy teatri uchun sahna pardasi (1947, akad. Shchusev chizgisi), "Paxta" (1954, M. Prutskaya) va boshqa zarduzi namoyonlarni tayyorlashda faol ishtirok etdi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil