Mirzamaqsud Alimov
| Mirzamaqsud Alimov | |
|---|---|
| Andijon viloyati bosh imom xatibi | |
|
Mansab davri 2019-yil 25-noyabr – hozirgi vaqtgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Hokim | Shuhratbek Abdurahmonov |
| Oʻtmishdoshi | Nuriddin Xoliqnazarov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
25-aprel 1973-yil Jalaquduq, Jalaquduq tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR |
| Millati | o‘zbek |
| Qarindoshlari | Ibrohim Asqarov |
| Taʼlim | Toshkent islom instituti |
| Kasbi | imom |
| Mukofotlari |
|
Mirzamaqsud Alimov (1973-yil, Jalaquduq, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek din arbobi va ilohiyotshunosi, imom, 2019-yil 25-noyabrdan Andijon viloyati bosh imom xatibi[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mirzamaqsud Alimov 1973-yilda Jalaquduq tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini tamomlagan. „Imom Buxoriy“ ordeni sohibi.
Faoliyati davomida Jalaquduq tumanidagi So‘fiqishloq jome masjidi imom-xatibi, Jalaquduq tuman bosh imom-xatibi lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, 2008-2018-yillarda Andijon viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari, 2018-2019-yillarda esa Andijon viloyatidagi Sayid Muhiddin Mahdum o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri vazifalarida mehnat qilgan.
2019-yil noyabr oyida Nuriddin Xoliqnazarovning o‘rniga Andijon viloyati bosh imom-xatibi etib tayinlandi[2].
Unvon va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Imom Buxoriy“ ordeni (2025) — Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ilmiy-ijodiy va amaliy faoliyati bilan xalqimizning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Andijon viloyatiga Mirzamaqsud Alimov bosh imom-xatib etib tayinlandi“ (25.11.2019-yil). 2025-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10.10.2025-yil.
- ↑ „Toshkent shahar bosh imom xatibi o‘zgardi“ (2019-yil 25-avgust). 2022-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 10-oktyabr.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“ (2025-yil 23-avgust). Qaraldi: 2025-yil 23-avgust.