Kontent qismiga oʻtish

Mirzakarim Norbekov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mirzakarim Norbekov (1957-yil 17-noyabr, Oʻsmat, Baxmal tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSR) — oʻzbek tabibi.

Mirzakarim Norbekov Sanaqulovich 1957-yil 17-noyabrda Jizzax viloyati Baxmal tumani Oʻsmat shaharchasida tugʻilgan. Otasi Sanakul Norboyevich Norbekov, Michurin sovxozining bosh buxgalteri, onasi Jumagul Norbekova esa uy bekasi boʻlgan. Ularning 7 farzandi bor boʻlgan[1].

1975-yilda armiyaga borgan. Mirzakarim u yerdagi janjal tufayli nogiron boʻlib qoladi. Bundan keyin u Sayyid Muhammad Hasan bilan uchrashib qoladi va uni daʼvolaydi. Shu sababdan Mirzakarim unga shogirt tushib, sharq tabobatini oʻrganishni boshlaydi.

1982–1990-yilllarda Andijon paxtachilik institutida (hozirgi Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti) „Agronomiya“ mutaxassisligi boʻyicha tahsil oladi. Talabalik paytida mustaqil ravishda karate bilan shugʻullanib, qora belbogʻ sohibiga aylanadi va shu sport turi boʻyicha murabbiy sifatida faoliyat yuritadi. U faqat jismonan emas, balki maʼnan kamol topishiga ham ahamiyat beradi va tabobatni oʻrganishda davom etadi. Institutni bitirgandan keyin u oʻzining davolash tizimini yaratib, Oʻzbekistonda qoʻllashni boshlaydi va u tez ommalashadi. Soʻng u Rossiyada ham qoʻllash uchun 1990-yillarning boshlarida Moskvaga boradi.

  1. Центр Норбекова. „Мирзакарим Санакулович Норбеков“ (ruscha). Qaraldi: 2024-yil 30-iyul.