Mirzaali Valiyevich Muhammadjonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mirzaali Valiyevich Muhammadjonov (1914.1.12 — Bagʻdod tumani, Konizar qishlogʻi — 2000.18.3) — agronom olim, davlat arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1952), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1962), professor (1964). Samarqanddagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1936). Buxoro viloyati Shofirkon MTSida bosh agronom (1936-37), SoyuzNIXIda aspirant, boʻlim mudiri (1937—41), OʻzSSR Davlat kontroli xalq komissarining birinchi oʻrinbosari (1941— 45), Dehqonchilik xalq komissari, vaziri, OʻzSSR s-zlar vaziri (1946— 50), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qishloq xoʻjaligi instituti (Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti) direktori (1948— 50), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumining bosh ilmiy kotibi (1952), Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vaziri (1953—57), UzSSR Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari (1957— 60), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Usimliklar eksperimental biologiyasi institutida boʻlim mudiri (1960-62), institut direktori (1963— 66). Afgʻoniston (1967-70) va Hindiston (1972—76)da SSSR elchixonasida maslahatchi boʻlib ishladi. Butunittifoq Usimlikshunoslik instituti Urta Osiyo tajriba stansiyasi direktori (1970— 72), VASXNIL Urta Osiyo boʻlimi Prezidiumi raisi oʻrinbosari (1977— 78). 1979 yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Usimliklar eksperimental biologiyasi institutida laboratoriya mudiri, 1981 yildan YUNESKOning "Inson va biosfera" Oʻzbekiston milliy qoʻmitasi raisi. Respublika Agrosanoat kompleksi oliy maktabida kafedra mudiri (1987-92).

M.ning ilmiy ishlari gʻoʻza, makkajoʻxori, beda va qishloq xoʻjaligi ekinlari biologiyasi, agrotexnikasi, almashlab ekish, sugʻoriladigan tuproklar unumdorligini oshirish, sugʻorma intensiv dehqonchilik, shuningdek, qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti masalalariga bagʻishlangan. "Shuhrat" medali bilan mukofotlangan (1994).

Manbalar[tahrir]

  • Agrotexnika xlopchatnika, T., 1953; Sevooboroti i uglubleniye paxotnogo sloya pochvi v rayonax xlopkovodstva, T., 1962; Novaya sistema zemledeliya po korennomu povisheniyu plodorodiya oroshayemix pochv, T., 1978.

Adabiyot[tahrir]

  • Akademik Mirzaali Valiyevich Muhammadjonovning hayot yoʻli, T., 1995.