Mirza Salimbek Ibn Muhammad Rahim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mirza Salimbek Ibn Muhammad Rahim (1850—1930) — tarixchi, shoir, davlat arbobi, diplomat. M.S. amirlikning Toshkentdagi savdo vakili (1873-85); Yakkabogʻ (1893-98), Nurota (1898—1902), Boysun (1902—05), Sherobod (1905—09), Shahrisabz (1910—13), Chorjoʻy (1920) viloyatlari hokimi, Buxoro mirshabi (1889). 1885 yilda amir Abdulahad joʻnatgan elchilar tarkibida Peterburgda boʻlgan. 1920 yil 29 avg .da qizil qoʻshinlar tomonidan hibsga olingan va amirlikning boshqa amaldorlari bilan Sibirga surgun qilingan. 1922—24 yillarda Buxoro respublikasi "Avkrf", "Anjumani tarix" tashkilotlarida ishlagan. Kolesov boshliq kizil qoʻshinlarning Buxoroga hujumi paytida (1918 yil, mart) amirning Kolesov bilan muzokara olib borgan vakillar hayʼatiga rahbarlik qilgan, keyin u devonbegi mansabiga, zakotchi lavozimiga koʻtarilgan (1917—20). M.S. "Tarixi Salimiy" (qadimdan amirlikning 1920 yilgacha tarixi), "Kashkuli Salimiy" ("Salimiyning darveshlar xaltasi") (1913, Toshkent), "Jomei gulzor" ("Gulzor majmui") sheʼriy asar, "Ahodisileʼmol" ("Amaldagi hadislar") (1911, Buxoro), "Durratil voizin" ("Voizlar sochgan durlar") (1909, Buxoro), "Muxbirul-hikoyot" ("Xabar beruvchining hikoyalari") (1908, Toshkent), "Kaʼbulaxbor hikoyalari" (1909, Toshkent). M.S. tazkira ham tuzgan. Qori Rahmatulla Vozexning "Tuhfatul-ahbob" ("Dilga yaqin kishilarga tuhfa") tazkirasini nashrga tayyorlashda, oʻziga zamondosh 100 ga yaqin shoirlar haqidagi maʼlumotlarni unga ilova qilgan.

Naim Norqulov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil