Sobir Mirvaliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mirvaliyev Sobirdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Sobir Mirvaliyev (1933.2.1, Toshkent) — adabiyotshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983). Filologiya fanlari doktori (1971), professor (1978). Toshkent kechki pedagogika institutini tugatgan (1956). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti Adabiyot muzeyida kichik ilmsy xodim (1957), "Oʻzbek tili va adabiyoti masalalari" jurnal da adabiy xodim (1958—62), institutda katta ilmiy xodim (1962—74), Toshkent madaniyat instituti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri (1974—95), shu kafedra professor (1995 yildan). M. ilmiy faoliyatining diqqat markazida A. Qodiriy, Hamza, Oybek, A. Qahhor, H. Gʻulom, M. Ismoiliy, Oʻ. Umarbekov singari yozuvchilar ijodi turadi. U oʻzbek romanchilik maktabining paydo boʻlish va shakllanish yoʻlini tadqiq etgan. Olimning "Oʻzbek adiblari" kitobida 20-asrda yashab ijod etgan yozuvchilar hayoti va ijodi haqida muxtasar maʼlumotlar berilgan. "El-yurt xurmati" ordeni bilan mukofotlangan (2000).

Manbalar[tahrir]

  • Tarixiylik va zamonaviylik, T., 1976; Roman va zamon, T., 1984; Nasr, davr, qahramon, T., 1984; Oʻzbek adiblari, 2na-shri, T., 2000; Isteʼdodning qoʻsh qanoti, T., 1993.