Mirqodir Abzalovich Karimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mirqodir Abzalovich Karimov (1906.3.3 — Toshkent — 1979.26.12) — fitopatolog-mikolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), biol. fanlari doktori (1954); professor (1954). Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakultetini tugatgan (1931). Toshkent oʻsimliklarni himoya qilish texnikumida ilmiy boʻlim mudiri, Toshkent qishloq xoʻjaligi institutida dots., professor (1935—71), fitopatologiya kafedrasi mudiri (1972—79). Ilmiy ishlari beda zamburugʻ kasalliklari qoʻzgatuvchilarini aniqlash, gulli parazit oʻsimliklarga qarshi kimyoviy kurash usullarini ishlab chiqish, gʻoʻza, beda va b. ekinlarining kasalliklarini oʻrganishga bagʻishlangan. As: Gʻoʻza kasalliklari, T., 1975.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil