Mirshohid Miroqilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Miroqilov Mirshohiddan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Miroqilov Mirshohid (1899, Qoʻqon — 1959.21.10, Toshkent) — oʻzbek teatrining atoqli aktyori, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1937). Ijodiy faoliyatini 1915 yilda boshlagan. Dastlab akalari Mirhamid va Mirzohid bilan Abdulla Avloniy raxbarligidagi "Turon" truppasining (Toshkentdan Qoʻqonga borib koʻrsatgan) spektakllarida qatnashgan. Keyinchalik Hamza bilan birga Qoʻqonda teatr tashkilotchisi va rahbari (1918—25). Bu yerda "Yoriltosh" (P. Moʻmin), "Uylanish" (N. Gogol), "Boy ila xizmatchi" (Hamza) kabi asarlarni sahnalashtirgan.1925— 27 yillarda Samarqanddagi Markaziy namuna truppasida direktor va aktyor. 1927 yilda Qoʻqonda yangi teatr tashkil etgan. 1929—59 yillar Toshkentdagi Hamza teatri aktyori. M. Respublika komediya teatri (hozirgi Muqimiy meampu) tashkilotchilaridan. Teatr M. sahnalashtirgan "Maysaraning ishi" (Hamza) spektakli bilan ochilgan. M. ilk bor "Turkiston tabibi" (M. Uygʻur) komediyasidagi Eshimqul roli bilan tanilgan (1920). U xalq qiziqchilari anʼanalarini yangi teatr uslubi bilan bogʻlagan. M. oʻz ijrosida taklid, mimikaga katta oʻrin bergan, xatti-harakatlarini bir oz boʻrttirgan, soʻzlarni donadona talaffuz qilgan, kichkina rolda boʻlsada, har tomonlama hayotiy, toʻlaqonli obraz yaratgan. "Kichik rollar" ustasi, komik aktyor sifatida mashhur boʻlgan. Ayniqsa, Akbarali, Hasan ellikboshi, Mulladoʻst (Hamza, "Tuhmatchilar jazosi","Boy ila xizmatchi", "Maysaraning ishi"), Goʻrkov (U. Shekspir, "Hamlet"), Mamarasul (Uygʻun, "Kaltis hazil"), Bobchinskiy (N. Gogol, "Revizor"), Rizamat (Abdulla Qahhor, "Ogriq gishlar") kabi Mirshohid hajviy va kulgili obrazlari mashhur. M. konsertlarda konferansyelik qilgan, voqeaviy hikoyalar, latifalar aytgan. 1937 yilda "Oʻzbek xalqining sanʼati" nomli 2 qismli ins-senirovkani sahnalashtirishda M. Uygʻurga yordamlashgan. "Nasriddin Buxoroda", "Nasriddinning sarguzashtlari" "Qutlugʻ qon", "Maftuningman", "Kushik, parvoz etadi" filmlarida suratga tushgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil