Mirkomilboy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mirkomil Mirmoʻminboyevdan yoʻnaltirildi)

Mirkomilboy, Mirkomil Mirmo‘minboyev (1882 — Andijon — 1918) — o‘zbek sanoatchisi. "RusOsiyo" ("Russko-Aziatskiy") banki muassislaridan biri. Mikromilboyning Andijonda 5 ta paxta zavodi, bir necha shaharda savdo rastalari, bog‘lari, katta yerlari bo‘lib, oltin pul hisobida 14 mln.soʻm mablagʻga ega edi (1911). Mirkomilboy Turkiston va Yevropa mamlakatlari oʻrtasida savdo munosabatiga asos solganlardan biri hisoblanadi. U Germaniyaning Shlossberg, Kraft firmalari bilan savdo aloqasi o‘rnatgan, Berlin, London, Parij va Istanbulga borib, mahalliy sanoatchilar bilan savdo ishini yoʻlga qoʻyishga intilgan. Mirkomilboy Andijon shahrida 30 oʻquvchiga moʻljallangan internat maktab, 100 talabaga mo‘ljallangan madrasa, kasalxona qurmoqchi boʻlib, loyiha tayyorlatgan, biroq mahalliy maʼmurlar bu loyihalarni amalga oshirishga ruxsat bermagan. Mirkomilboy "Sho‘roi islom" tashkilotining Andijon bo‘limiga rahbarlik qilgan (1918) va jadidlarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlab turgan. Bolsheviklar tomonidan otib tashlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil