Mirjaqip Dulatuli
| Mirjaqip Dulatuli | |
|---|---|
| Міржақып Дулатұлы | |
|
Mirjaqip 1916-yilda | |
| Tavalludi |
25-noyabr 1885-yil Sarikopa, Turgay uyezdi, Turgay viloyati, Rossiya |
| Vafoti |
5-oktyabr 1935-yil (49 yoshda) Solovki qamoq lageri, Sovet Ittifoqi |
| Fuqaroligi |
Rossiya imperiyasi Alash oʻrda Sovet Ittifoqi |
| Kasbi | Shoir, yozuvchi, siyosatchi |
| Partiyasi |
Konstitutsiyaviy demokratlar (1907–1917) Alash (1917–1920) |
| Boshqa nomlari | Mir Yakub |
Mirjaqip Dulatuly (qozoqcha: Міржақып Дулатұлы, Mırjaqyp Dulatūly; ruscha: Миржакып Дулатов; 1885-yilda tugʻilgan — 1935-yilda vafot etgan) Mir Yakub Dulatov nomi bilan ham tanilgan qozoq shoiri, yozuvchi hamda qozoq millatchi Alash oʻrda hukumatining yetakchilaridan biri. Shuningdek, Madiyar va Argʻin taxalluslarini qoʻllagan va shu orqali ham tanilgan[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dulatuli 1885-yil 25-noyabrda Turgay viloyatining Sarikopa hududida musulmon oilada tugʻilgan. U O‘rta jüz hududida yashovchi Argʻin qabilasidan boʻlgan. Dulatuli 2 yoshida onasi Demeshdan, 12 yoshida esa otasi Dulatdan ayrilgan. Dastlabki taʼlimni anʼanaviy ravishda qishloq maktabida olgan. 1897-yilda Dulatuli qozoq-rus oʻrta maktabiga oʻqishga kirib, 1902-yilda maktabni qishloq oʻqituvchisi sifatida tamomlagan. 1904-yilda u Qarkaralida Ahmet Baytursinov va Alixan Boʻkeyxanov bilan uchrashgan. Yangi shakllanayotgan qozoq islohotchi milliy harakatining ushbu ikki yetakchisi taʼsirida unda mustamlakachilikka, Rossiyaga qarshi qarashlar shakllangan.
1907-yilda Dulatuli Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtgan va Konstitutsiyaviy demokratlar partiyasi delegati boʻlgan. Sankt-Peterburgda u faqat birgina soni nashr qilingan qozoqcha „Serke“ jurnalida oʻzining ilk sheʼrini eʼlon qilgan. Sheʼr „Jastarğa“ („Yoshlarga“) deb nomlangan edi.
Dulatuli jurnalning ikkinchi soni uchun ham „Bizdiñ Maqsatymyz“ (tarjimasi „Bizning maqsadimiz“) nomli maqola tayyorlagan, biroq jurnalning ikkinchi son hech qachon nashr etilmagan.
Merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mirjaqip Dulatuli zamonaviy qozoq adabiyotining peshqadamlaridan biri va qozoq millatchiligining yetakchisi sifatida eʼtirof etiladi.
U qozoq adabiyotidagi ilk roman „Baqytsyz Jamal“ (tarjimasi „Baxtsiz Jamal“) asarining muallifi hisoblanadi. Muallif bosh qahramon Jamalni patriarxal-feodal urf-odatlar va anʼanalarning qurboniga aylangan qozoq qizi sifatida tasvirlaydi hamda shu asosda eski anʼanalar bilan yangi avlod oʻrtasidagi kurashni ochib beradi. Roman oʻsha davrning oʻsib kelayotgan yoshlari orasida tenglik tuygʻusini ravshan tasvirlagani uchun yuksak baholanadi[2][3].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oyan! Qazaq, Almati: Altyn Orda“ (1991-yil)
- „Shigharmalari, Mirjaqip Dulatuli“ (1991-yil) — Z. Akhmetov va Jazushy Baspasy
- „Baqitsiz Jamal“ (1910-yil)
- „Azamat“ (1913-yil)
- „Terme“ (1915-yil)
- „Esep Qurali“ (1922-yil)
- „Qiyragat Kitabi“ (1924-yil)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Uyama, Tomohiko „The Geography of Civilizations: Chapter 3-A Spatial Analysis of the Kazakh Intelligentsia's Activities, From the Mid-Nineteenth to the Early Twentieth Century“ (2005-yil fevral).
- ↑ Qirabaev Serіk Tәuelsіzdіk Ruximen Astana: „Foliant“, 2002, 35 page
- ↑ „Оян, қазақ - Міржақып Дулатов“. Zharar (2019-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 28-mart.