Turdi Mirgʻiyosov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mirgʻiyosov Turdidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Turdi Mirgʻiyosov (1896, Toshkent — 1951) — oʻzbek arxeolog va etnograflaridan. 1913 yilda diniy maktabni tugatib, oʻqituvchilik qilgan. 1921—25 yillarda xalq maorifi boʻlimida instruktor va Toʻqmoqdagi oʻzbek maktablarida oʻqituvchilik qilgan. 1926 yildan umrining oxirigacha Urta Osiyo tarix muzeyida katta ilmiy xodim. 1927—29 yillarda dunganlar orasida etnografik materiallar yiqqan, Qashqadaryodagi yarim koʻchmanchi aholi turmushini oʻrgangan, arxeologik ekspeditsiyalarda ishtirok etgan (Qizilqumdagi tosh asri yodgorliklari, Toʻytepadagi qabrlar, qad. Termiz va boshqalarni oʻrgangan). 1930—34 yillarda Leypsigdagi xalqaro koʻrgazma uchun Urta Osiyoga oid materiallar toʻplagan. Qirgʻizistondagi qad. kumush konlarini oʻrgangan. 1942 yilda Urta Osiyo xalqlarining turmushi va madaniyatiga bagʻishlangan koʻrgazma tashkil etgan. M. toʻplagan qimmatli materiallar Oybek nomidagi Oʻzbekiton xalqlari tarixi muzeyida saqlanmoqda.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil