Sodiq Mirahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mirahmedov Sodiqdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Mirahmedov Sodiq (1926.21.8— Toshkent —1988.18.6) — genetik-seleksioner olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1976), VASXNIL akademik (1978). Toshkent qishloq xoʻjaligi institutining agronomiya fakultetini tugatgan (1950). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutida il- r| f~", "] miy xodim (1954— 63), laboratoriya mudiri (1964-76), Butunittifoq gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot instituti direktori (1976— 86), 1986 yildan shu institutda ilmiy maslahatchi. M. yovvoyi Meksika gʻoʻzasi kenja turi (G.mexicanum Tod. Maiyeg)ning turlararo uzok, geografik shakllari duragaylarida verti-sillyoz viltga chidamlilikning irsiylanishi krnunlarini aniqladi. Yovvoyi Meksika gʻoʻzasi bilan S-4727 gʻoʻza navini tur ichida uzoq geografik shakllarni duragaylash usuli orqali chatishtirib tolasi yuqori sifatli, viltga chidamli, tezpishar, serhosil, koʻsagi yirik gʻoʻza navlarini yaratishning yangi usulini ishlab chikdi va Toshkent 1, Toshkent 2, Toshkent 3, Toshkent 6 navlarini yaratdi. "Paxtachilik ensiklopediyasi"ning (rus tilida, T., 1985) bosh muharriri boʻlgan. Toshkent shahridagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan.

Manbalar[tahrir]

  • Razrabotka metoda vivedeniya viltou-stoychivix sortov xlopchatnika i vnedreniye ix v proizvodstvo,T., 1972; Vnutrividovaya otdalennaya gibridizatsiya xlopchatnika G. hirsutum L. na viltoustoychivost, T., 1974.