Mirabilit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mirabilit (lot. mirabilis — ajoyib; nem. kimyogari I.R.Glauber bergan nom), glauber tuzi — sulfat lar sinfiga mansub mineral; kimyoviy tarkibi Na2[SO4]10H2O. Tarkibida 19,24% Na2O; 24,85% SO3; 55,91% N2O mavjud. Monoklin singoniyada kristallanadi; qisqa prizmadan ninasimon shaklgacha. M., shuningdek, donacha yoki kukunsimon agregatlar va mayda kristalli poʻstloqchalar hosil qiladi. Rangsiz yoki oq. Suvda oson eriydi, eritma achchiqshoʻr taʼmga ega. Quruq holatda suvini tez yoʻqotadi va oq kukunsimon suvsiz mineral — tenardit (Na2SO4)ra aylanadi. Qattikligi 1,5— 2; zichligi 1,5g/sm3. M. shoʻr koʻllar, sayoz qoʻltiqlar va issiq buloklarda kimyoviy choʻkindi sifatida hosil boʻladi. Tuproq yuzasida uning rangini oʻzgartiradi. Kaspiy dengizining Qoraboʻgʻ-ozgoʻl qoʻltigʻida, Katta Shoʻr koʻlda (AQSH)va boshqa joylarda, past temperaturada yomon erigani uchun koʻproq qishda choʻkadi. Oʻzbekistonda ham keng tarqalgan. Mirzachoʻl, Zarafshon daryosi quyi qismidagi koʻllarda va boshqa joylarda uchraydi. M., asosan, kimyo sanoatida soda, ishqoriy natriy olish uchun, oynashisha, boʻyoq tayyorlashda, shuningdek, tibbiyotda ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil