Kontent qismiga oʻtish

Mirabbos Mirzaahmedov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mirabbos ota Mirzaahmedov
Tavalludi 30-sentyabr 1941-yil
Vafoti 19-noyabr 2025-yil
Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi rejissyor
Mukofotlari
Mehnat shuhrati ordeni

Mirabbos Abdulhaqovich Mirzaahmedov (30-sentyabr 1941-yil, Toshkent19-noyabr 2025-yil, Oʻzbekiston)– „Otalar soʻzi – aqlning koʻzi“ koʻrsatuvi boshlovchisi, rejissiyor. Oʻzbekiston televideniyesi faxriysi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Doʻstlik va Mehnat shuhrati ordenlari sohibi[1].

Mirabbos Mirzaahmedov 1941-yil 30-sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent teatr va rassomlik institutida tahsil olgan. 1965-yilda teleradio sohasidagi ijodiy faoliyatini boshlagan. Mirzaahmedov „Otalar soʻzi – aqlning koʻzi“ koʻrsatuvi boshlovchisi[2]. Rejissyorning „Yuzsiz kelin“, „Kim aybdor“ va „Bahor qaytmaydi“ filmlari keng tomoshabin ommasi tomonidan ijobiy qabul qilingan asarlar sirasiga kiradi. Shuningdek, „Arosat“ badiiy filmida epizodik rol ijro etgan[3].

Mirabbos Mirzaahmedov 2025-yil 19-noyabr kuni vafot etgan[4][5]. Uning vafoti munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamdardlik bildirdi[6][7].

  1. „Mirabbos Mirzaahmedov 84 yoshda vafot etdi“ (kun.uz). 2025-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 21-noyabr.
  2. „“Otalar so‘zi” ko‘rsatuvi boshlovchisi Mirabbos Mirzaahmedov vafot etdi“ (daryo.uz). 2025-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 21-noyabr.
  3. „Мираббос Мирзаахмедов“ (ru) (kino-teatr.ru). Qaraldi: 2025-yil 20-noyabr.
  4. „Mirabbos Mirzaahmedov vafot etdi“ (uz) (xabar.uz). 2025-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 20-noyabr.
  5. „“Otalar so‘zi” boshlovchisi Mirabbos Mirzaahmedov vafot etdi“ (uz) (zamon.uz). 2025-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 20-noyabr.
  6. „Shavkat Mirziyoyev Mirabbos Mirzaahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi“ (kun.uz). 2025-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 21-noyabr.
  7. „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Mirabbos Mirzaahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik“ (president.uz). 2025-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 21-noyabr.