Kontent qismiga oʻtish

Mira (qoʻshiqchi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
MIRA
Tavalludi Maria Mirabela Cismaru
12-mart 1995-yil (1995-03-12) (30 yosh)
Rovinari, Gorj, Ruminiya
Janrlar Pop
Kasbi Qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 2012—hozirgi kungacha
Leybllar Global Records, Cat Music, BEAR Music, HaHaHa Production
Fuqaroligi Ruminiya

Maria Mirabela Cismaru (1995-yil 12-martda Rovinarida tugʻilgan) – Mira (stillashtirilgani: MIRA) nomi bilan tanilgan ruminiyalik qoʻshiqchi[1]. Vocea României shousining ikkinchi mavsumida ishtirok etganidan soʻng mashhurlikka erishgan[2].

Mira bolaligidanoq onasi bilan birga oʻzi tugʻilib oʻsgan shahardagi toʻylarga borib, u bilan birga xalq qoʻshiqlarini kuylab yurdi. 13 yoshida u Târgu Jiudagi Bolalar Saroyiga oʻqishga kirdi va u yerda uch yil davomida musiqadan tahsil oldi. Keyin Mira Anonim musiqiy guruhiga qoʻshildi va shu vaqt ichida uning gitaraga boʻlgan ishtiyoqi koʻtarildi. Mira, shuningdek, YouTubeda minglab marotaba tomosha qilingan koverlarni ijro etib, ijtimoiy tarmoqlarda koʻtarilishga harakat qildi[1].

Mira goʻzallik tanlovlarida ham ishtirok etdi. 2011-yil dekabr oyida u Rovinarida oʻtkazilgan „Miss Crăciunita“ tanlovida boshqa ishtirokchilarni ortda qoldirgan holda gʻolib chiqdi[3]. Oʻsha yili u „Iulian Andreescu“ milliy musiqa festivalida ham birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi[4].

Mira musiqa olamida 2012-yilda DJ Marc Ryan bilan birga Aria nomi ostida kuylagan „So (la la)“ qoʻshigʻi bilan paydo boʻldi. Xuddi shu yili u Marius Moganing jamoasida Vocea României shousida ishtirok etdi[2]. Ushbu shouda ishtirok etgandan soʻng, Mira musiqiy karyerasini qurishni boshladi va birin-ketin koʻplab muvaffaqiyatli qoʻshiqlar chiqardi.

Uning 2013-yilda Alexinno bilan hamkorlikda „Loving You“ va „In Love“, 2014-yilda Zhao bilan hamkorlikda „Zi-mi ceva“ qoʻshiqlari chiqdi. 2014-yildan boshlab u Inna, Antonia, Sasha Lopez, Lariss va boshqa hamkasblari bilan bir qatorda Global Records leybli ostida ijod qila boshladi[5]. Uning „Like“ nomli birinchi yakkaxon singlining kompozitsiyasi Theea Miculescuga tegishli edi[6]. Shuningdek, 2014-yilda u Kio va What's Up bilan hamkorlikda oʻzining sevimli qoʻshiqlaridan biri hisoblangan „Dragostea nu se stinge“ taronasini chiqardi va katta muvaffaqiyatga erishdi. Ushbu qoʻshiq Mirani keng ommaga tanitdi.

2015-yilda Mira oʻzining „Balada de iubire“ nomli yakkaxon qoʻshigʻini, shuningdek, Piticu bilan hamkorlikda „Petrecere de adio“ filmi uchun, Corina va Skizzo Skillz bilan esa „Fete din Balcani“ filmi uchun saundtreklar kuyladi[7]. Mira 2016-yilda koʻproq ijod qila olmagan boʻlsa ham ushbu yilda chiqarilgan „Bella“ qoʻshigʻi ancha muvaffaqqiyatli chiqdi. 2017-yil esa juda ham barakali yil boʻldi. 2017-yil mart oyida „Anii mei“ qoʻshigʻini, sentyabr oyida esa „Uit de tine“ qoʻshigʻini chiqardi. Bu qoʻshiqlar uning hozirgi kunga qadar eng muvaffaqiyatli ikkita qoʻshigʻi hisoblanadi. Shuningdek, 2017-yilning sentyabr oyida u DJ Project guruhining yangi solistiga aylandi[8]. Mira bu guruh bilan birga 2017-yilda „Omnia“ va 2018-yilda „Inimă nebună“ taronalarini chiqardi.

2018-yilni juda omadli yil boʻldi deb aytish mumkin. „Dragostea nu se stinge“, „Bella“, „Anii mei“, „Uit de tine“ kabi xitlardan soʻng Mira Antena Stars mukofotini qoʻlga kiritdi[9]. 2018-yilning dekabr oyida u Radio ZU tomonidan tashkil etilgan „Orașul Faptelor Bune“ nomli maxsus xayriya dasturida ham qoʻshiq kuyladi hamda ularga pul yigʻishga yordam berdi[10].

2019-yil anchagina mashhur boʻlib qolgan Mira oʻzining „Cum de te lasă“ taronasini va Florian Rus bilan birgalikda „Străzile din București“ taronasini chiqardi. Bu yilda ham Mira „FORZA ZU“ va „Orașul Faptelor Bune“ dasturlarida qoʻshiq kuylashga taklif qilindi[11][12].

2020-yil u birinchi albomini chiqarishga tayyorgarlik koʻrayotgani sababli ketma-ket qoʻshiqlar chiqardi. „I Success – Femei de Succes“ tanlovida Mira „2020-yilning eng koʻp translatsiya qilingan pop artisti“ mukofotini qoʻlga kiritdi[13]. Oʻsha yilda Mira 8 ta qoʻshiq chiqardi. Ulardan 6 tasi uning birinchi albomidan joy oldi. Bittasi Lino Golden (Maracas) bilan hamkorlikda chiqarildi. Yana biri esa O-Zone guruhining xalqaro hiti hisoblangan „Dragostea din tei“ taronasining yangi versiyasi edi. Mira yana bir bor „FORZA ZU“ kontsertida sanʼatkorlar roʻyxatiga kiritildi, ammo, global pandemiya tufayli ushbu tadbir oʻtkazilmadi[14].

Uning „MiraDivina“ albomi 2021-yilning yanvar oyida „Cărturesśi“ kitob doʻkonlari tarmogʻi va onlayn sotuvlarda, mart oyida esa barcha joylarda sotuvga chiqarildi[15].

2021-yilda u oʻzining albomidagi soʻnggi 2 tasi hisoblangan „Arctic“ va „Zi merci“ qoʻshiqlarini videosini chiqardi. Oʻsha yilda chiqarilgan birinchi qoʻshigʻi esa „Nave spațiale“ edi. Iyul oyida u yana bir bor DJ Project bilan muvaffaqqiyatli hamkorlik qildi hamda „Cheia inimii mele“ qoʻshigʻini chiqardi. 11-noyabr kuni Mira oʻzining YouTube kanaliga onasi Aureliya Cimpoieru bilan birga kuylagan „Dragă moșule“ nomli Rojdestvo qoʻshigʻini joylashtirdi va oʻz muxlislarini hayratda qoldirdi. Qoʻshiq uchun suratga olingan rasmiy video esa 1-dekabrda chiqdi[16]. 2021-yilning 16-noyabrida, Mira qoʻshiqchi Mario Fresh bilan hamkorlikda uzoq kutilgan „Deziubește-mă“ nomli yangi qoʻshigʻini chiqardi. Shuningdek, u ikkinchi albomini chiqarishini maʼlum qildi va uning ustida ishlay boshladi[17].

2022-yilning aprel oyi boshida Mira „Tu cu ea“ deb nomlangan yangi trekni chiqardi. Ushbu qoʻshiq Lora bilan yangi hamkorlik boʻlib, birinchi marta Radio ZU orqali 2022-yil 6-aprelda, rasmiy premyeradan ikki kun oldin faqatgina striming uchun taqdim etildi[18]. 2022-yil may oyida Mira „Toată noaptea“ nomli yangi singlini chiqardi. Bu safar u haqiqiy ismi Aleks Stanciu boʻlgan Juno bilan hamkorlik qilgan edi.

DJ Project, Mario Fresh, Lora va Juno bilan muvaffaqqiyatli hamkorlikdan soʻng u Uzzi bilan hamkorlikda 14-oktyabr kuni „16 ani“ nomli yangi singlni taqdim etdi. BUG Mafia guruhining mashhur aʼzosi bilan boʻlgan ushbu hamkorlikni koʻpchilik kutmagan boʻlishiga qaramasdan katta muvaffaqiyat olib keldi[19].

2021-yil dekabr oyi boshida Mira onasi bilan qoʻshiq kuylagan boʻlsa, 2022-yil 8-dekabrda u oʻzining YouTube kanalida birinchi qoʻshiq kollajini chiqargan. Kollajda 6 ta anʼanaviy qoʻshiq bor boʻlib ulardan biri onasi Aureliya Cimpoieru bilan kuylangan yana bitta yangi tarona edi. Shuningdek, dekabr oyida „Orașul Faptelor Bune“ maxsus dasturi doirasida xayriya konsertlari qayta tiklandi va Mira yana bir bor taklif qilindi[20].

2023-yil boshida Mira oʻz jamoasida qilingan oʻzgarishlarni rasman eʼlon qildi. U oʻsha vaqtda yangi menejer Monica Munteanu, konsertlari bilan shugʻullanadigan Forward agentligi hamda HaHaHa Production leybli bilan hamkorlik qilishni boshladi[21].

Miraning 2023-yil chiqargan birinchi treki „Strawberry Heart“ edi. Bu tarona uning toʻliq ingliz tilida kuylagan birinchi qoʻshigʻi edi[22]. Mart oyining oxirida Mira „N-am să te las“ nomli yangi yakkaxon singlini taqdim etdi[23]. Oradan bir oydan kamroq vaqt oʻtgach, u oʻzining haqiqiy ismi Raduly Ioan Marian ostida Bvcovia bilan hamkorlikda yangi qoʻshiq chiqardi.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mira oʻrta maktabning birinchi uch yilini Târgu Jiudagi „Spiru Xaret“ milliy kollejida oʻqidi. Keyin esa Buftea shahridagi „Dumitru Dumitresku“ texnologik oʻrta maktabiga oʻqishga kirdi[24]. U musiqa sohasida mashhur boʻlishni juda ham xohlardi. Shuning uchun atigi 18 yoshida Buxarestga koʻchib oʻtdi va u yerda onasining dugonasi bilan ijaraga olingan uyda yashay boshladi. Oradan bir necha yil oʻtib, 2020-yilda Pro TV telekanaliga bergan intervyusida u „Men musiqachi boʻlishni xohlardim. Men uchun boshqa variantni oʻzi ham yoq edi. Onam esa musiqachi boʻlishimni unchalik ham xohlamasdi!“ degan edi[25]. U 2017-yilda Buxarest universitetining Adabiyot fakultetini etnologiya, madaniy antropologiya va folklor mutaxassisligi boʻyicha tamomladi[26].

2017-yil sentyabr oyida Mira va DJ Project Vâlcea yaqinidagi yoʻl-transport hodisasida jarohat oldi[27]. Qoʻshiqchining oʻgay ukasi Robert Cimpoieru 2018-yil mart oyida avtohalokatda vafot etdi[28]. Mira bu kabi qiyin davrlarni boshidan kechirgan boʻlsa ham ruhiy jihatdan qayta tiklanishga erishdi. 2020-yilda uning yana bir orzusi amalga oshdi, yaʼni u oʻz uyiga ega boʻldi[29].

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nomi Yil
„So (la la)“ (DJ Marc Ryan bilan) 2012
„Loving You“ (Allexinno bilan) 2013
„In Love“ (Allexinno bilan)
„Zi-mi ceva“ (Zhao bilan) 2014
„Like“
„Masca lui Zorro“
„Dragostea nu se stinge“ (Kio & Whatʼs UP bilan)
„Balade de iubire“ 2015
„Fete din Balcani“ (Corina & Skizzo Skillz bilan)
„Petrecere de adio“ (Piticu bilan)
„Bella“ 2016
„Anii mei“ 2017
„Uit de tine“
„Omnia“ (DJ Project bilan)
„Drăguț de sărbători“
„Vina“ 2018
„Inimă nebună“ (DJ Project bilan)
„Ce-o fi, o fi“ (Vescan bilan)
„Tu mă faci“
„Cum De Te Lasă“ 2019
„Străzile din București“ (Florian Rus bilan)
„Maldita Noche“
„Cădere în Gol“ (Alex Velea bilan)
„De ce?“ 2020
„Plus și minus“
„O privire“
„Învață-mă“
„Maracas“ (Lino Golden bilan)
„Dragostea din Tei“ (kover)
„Zero Absolut“
„Cineva“
„Nave spațiale“ 2021
„Arctic“
„Zi merci“
„Cheia inimii mele“ (DJ Project bilan)
„Dragă Moșule“ (Aurelia Cimpoieru bilan)
„Deziubește-mă“ (Mario Fresh bilan)
„Tu cu ea“ (Lora bilan) 2022
„Toată noaptea“ (Juno bilan)
„16 ani“ (Uzzi bilan)
„Strawberry Heart“ 2023
„N-am să te las“
„Bye, Bye“ (Bvcovia bilan)
„Come with me“
„Alo, alo“ (Vescan bilan)
„Ca-n România“ (Theo Rose bilan)
„Dor de tine“ 2024
„Bad booty“
„Ce ai tu“
„Ring, ring“
„Duro“
„Ladida“
„Să fii tu“ (Rareș Mariș)
„Love again“
„E româncă” (feat. Juno)
„Încă ne iubim” (feat. Florian Rus)
„Bota”
„Toată Lumea Dansează” 2025
„Nu mă ia”
„Bună dimineața” (feat. Liviu Teodorescu)
„Cu tălpile goale”
„Yanana”
„Aleg să zâmbesc”
„Dorul tău” 2026
  • 2021-yil – "MiraDivina"
  1. 1,0 1,1 „Cat Music - Mira“. catmusic.ro.
  2. 2,0 2,1 „O fostă concurentă de la "Vocea României" face senzație pe YouTube. Noua ei piesă a strâns aproape 1 milion de vizualizări“. Vocea României (2014-yil 26-may). 2016-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 24-yanvar.
  3. „MISS CRĂCIUNIŢA 2011 – ELEGANŢĂ, STIL ŞI RAFINAMENT“. Primaria Rovinari.ro (2011-yil 14-dekabr).
  4. „Câștigătorii Festivalului "Iulian Andreescu-2011" de la Turnu Severin“. topromanesc.ro (2011-yil 11-noyabr).
  5. „MIRA lansează continuarea single-ului "Uit de tine": "Vina"“. jurnalul.ro (2018-yil 5-mart).
  6. „Maria Mirabela, fosta concurenta de la "Vocea Romaniei", pe urmele Innei. A batut palma cu o casa de discuri internationala si lanseaza melodia "Like"“. protv.ro (2014-yil 29-may).
  7. „Maria Mirabela, fosta concurentă de la Vocea României, e mai seducătoare ca niciodată. Cât de mult și-a schimbat stilul“. Pro TV (2016-yil 20-noyabr).
  8. „Cat Music - Dj Project“. catmusic.ro.
  9. „Antena Stars a acordat "Premiile showbiz-ului românesc". Ei sunt marii câștigători“ (RO). ANTENASTARS.RO. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  10. „Programul concertelor din Orașul Faptelor Bune 2018“. radiozu.ro (2018-yil 14-dekabr).
  11. „Lista completă a artiștilor care vin la Forza ZU 2019“. radiozu.ro (2019-yil 25-aprel).
  12. „Programul concertelor din Orașul Faptelor Bune 2019“. radiozu.ro (2018-yil 14-dekabr).
  13. Celebritatea „Mira a fost premiată în cadrul galei ,,I Success – Femei de succes" 2020“ (en-US). Celebritatea (2020-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  14. „Forza ZU 2020 se anulează din considerente de precauție privind Coronavirus (COVID-19)“. radiozu.ro (2020-yil 10-mart).
  15. „MIRA lansează primul album din carieră: "Toate poveștile de pe acest material discografic mă reprezintă"“. infomusic.ro (2021-yil 12-mart).
  16. „PREMIERĂ: Mira și mama ei, LIVE în studio cu "Dragă Moșule""“. radiozu.ro (2021-yil 9-dekabr).
  17. „MIRA și Mario Fresh au lansat piesa "Deziubește-mă""“. protv.ro (2021-yil 16-noyabr).
  18. „Live - Avanpremieră la ZU: MIRA feat. Lora - "Tu cu Ea"“. radiozu.ro (2022-yil 7-aprel).
  19. „Mira şi Uzzi se întorc la "16 ani": "Este genul de piesă care nu trece uşor neobservată"“. observatornews.ro (2022-yil 26-oktyabr).
  20. „Programul concertelor din Orașul Faptelor Bune 2022“. radiozu.ro (2022-yil 6-dekabr).
  21. „Hahaha Production title-artisti“. hahahaproduction.com. 2024-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 24-yanvar.
  22. „Astăzi la "Prietenii de la Radio" de la 11.30, vine frumoasa cântăreață Mira“. romania-actualitati.ro (2023-yil 1-mart).
  23. „PREMIERĂ LIVE la ZU: MIRA - "N-am Să Te Las"“. radiozu.ro (2023-yil 6-aprel).
  24. „Biografia MARIA MIRABELA CISMARU aka MIRA cantareata care a dat lovitura cu DRAGOSTEA NU SE STINGE record de 3 milioane de vizualizari pe YOUTUBE“. vedeteblog.com (2015-yil 24-yanvar).
  25. „Povestea cântăreței Mira. S-a lansat la "Vocea României" și a crescut odată cu PROTV“ (ro). Stirileprotv.ro. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  26. „Cine este Mira. "Vă împărtășesc cele mai minunate momente din viața mea"“ (ro). kfetele.ro (2022-yil 8-iyul).
  27. „ANIMAȚIE GRAFICĂ. Cum s-a produs accidentul în care a fost implicată trupa DJ Project“. Știrile Pro TV (2017-yil 19-sentyabr).
  28. Alin Ion „Doliu în familia cântăreței Mira. Fratele ei vitreg a murit într-un teribil accident de circulație“. Adevărul (2018-yil 19-mart).
  29. „Mira, fata care a făcut din vulnerabilitate un atu • Cosmopolitan.ro“ (ro-RO). Cosmopolitan.ro (2021-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.